Kundalik
19 january 2016

Cudlanuvchining rafiqasiga qamoq bilan tahdid kilishdi…

18 yanvar kuni ertalab soat 10 da tuman xokimligiga chaqirilgan Shirin Tursinovani hokimlik binosida, xokim G‘ofur Qarshiboevning muovini Fotima Rasulova, madaniy targ‘ibot ishlari bo‘yicha xodimi Karim Totliboev, Alisher Ochilov va maxallalar bo‘yicha vakil Ra'no Zavqievalar kutib olishgan.

«Ular avvaliga meni yaxshi gaplar bilan kutib olishdi”, – deydi Shirin.

Keyin bir xonaga olib kirishib, unga Eltuzda va boshqa saytlarda chiqqan intervyularini ko‘rsatishgan.

Shirinning aytishicha, yig‘ilganlarning hammasi, uni tuman xokimi G‘ofur Qarshiboev xaqida mish mishlar va bo‘xton tarqatayotganlikda ayblamoqchi bo‘lishgan.

Lekin Shirin Tursinova ularning barcha iddaolarini rad qilgan va intervyularda rost gapirganini, tuman xokimi va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida baliq xavzasi bilan bog‘lik mojoro ko‘p bo‘lganini aytgan.

«Nega endi xokim Ozodlikka bergan intevyusida erimni tanimasligini aytgan? Axir u kishi unda kunora Aramaisga telefon qilib gaplashardiku? Aramaisni xaftasiga 2-3 marta oldiga chaqirardi, o‘zi xam baliq xavzasiga bir necha marta kelib, Aramais bilan ko‘p gaplashardi. Buni xamma biladi. Men tuhmat qilmadim. Bu gapni xar joyda aytaman» degan Shirin xokimiyat rasmiylariga.

“Singlingizni yo‘lga soling, sud tugagunga qadar jim yursin!”

Uchrashuvdagi rasmiylar, Shirinni tinchlantirishga urinishgan va u bilan birga kelgan opasiga ta'sir o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. «Singlingizni yo‘lga soling, sud tugagunga qadar jim yursin» deyishgan. Opasi esa ularga, bu ishda yordam bera olmasligini, Shirin o‘zining mustaqil xayotiga ega ekanligini aytgan.

Uchrashuv so‘ngida xokimiyat vakillari Shirin Tursinovani, erining aybi isbotlanmasa albatta ozod etilishi xaqida aytishib, uzatib qo‘yishadi.

Shu kunning ikinchi yarmida Shirin Tursinova Jizzax viloyat jinoiy sudida bo‘lib o‘tayotgan erining sudida qatnashdi.

Sud jarayonida jiddiy o‘zgarish

Shirinning aytishicha, bugungi sud majlisida Aramais Avakyan ancha o‘ziga ishongan xolda ko‘ringan. U guvohlarga va boshqa ishtirokchilarga bemalol savollar bergan, faktlarni aniqlashtirgan, Sudya xam, prokuror xam uni so‘zlarini bo‘lishmagan.

«Bu ancha jiddiy o‘zgarish» dedi Shirin Tursinova.

Ajablanarlisi, oxirgi sud majlisida Aramaisga qarshi ko‘rsatma bergan guvoxlar, bugungi majlisda o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirishgan.

Kuzatuvchilar bu o‘zgarishlarni bir tomondan ijobiy va boshqa tomondan xavotirli deya atashmoqda.

«Aramais Avakyan ishi xalqaro matbuotda ko‘rindi, xattoki Armaniston xukumatining havotiriga sabab bo‘ldi. Mahalliy hokimning zo‘ravonligi ham ochiqlanayapti. Bu holda, rasmiylar Aramaisni ozod qilishlari ham mumkin.

Ammo, xavotirli jihati shundaki, bu kompromiss evaziga ular Aramaisning rafiqasi Shirinni qamoqqa olishlari ham mumkin.

«Chunki rasmiylar hokimning obro‘sini ham tiklashlari kerak. Buning uchun esa ular kimnidir tuxmat qilganlikda ayblab, ish ochishlari kerak bo‘ladi» deydi kuzatuvchilardan biri.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2022
Tilshunos olim, akademik Alibek Rustamiy bilan tanishish menga 1997 yilda nasib etgan edi. O‘shanda Xo‘janddagi bojam, filolog domla Nasrullo ...
8 june 2025
Toshkent shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zining sherigi bo‘lgan – poytaxtda faoliyat ...
20 december 2018
«Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonov 18 dekabr kuni siyqasi chiqqan «digidon-digidon» qolipidagi «Selfi» deb atalgan yangi klipini tarmoqqa qo‘ydi. ...
15 march 2023
Bugun taniqli o‘zbekistonlik jurnalist Hurmat Bobojonning tug‘ilgan kuni. Hurmatning maqolalari bir qator horijiy tillarda ham yangrayotgani bilan ham qadri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...