Document UZ
5 march 2018

Muhammad Bekjon sudlanuvchi jurnalistning onasiga dalda berdi

Bobomurod Abdullaevning sudi bo‘yicha «Eltuz» nashri olgan so‘nggi ma'lumotga ko‘ra, sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamalgan hamkasbining oilasiga dalda berish va sudda qatnashish uchun Xorazmdan kelgan. Biroq sud 7 martga qoldirilgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 5 mart kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev, bloger Haët Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovning sudi bo‘lishi kutilayotgan edi.

Toshkentdagi faollar, xorijiy diplomatik korpus vakillari, Abdullaev, Nasriddinov, Saloev va Alloyorovning yaqinlaridan iborat 50 tacha odam 5 mart kuni ertalabdan sud binosiga kelishgan edi.

3 mart kuni Bobomurod Abdullaev o‘zi bilan uchrashgan advokat Sergey Mayorovga tergovda sodir etilgan qiynoq tafsilotlarini gapirib bergan edi.

Uning advokatga bildirishicha, bir metr uzunlikdagi plastik quvur va kompyuter shnuri bilan yelkasiga, chap qo‘liga va oyog‘iga urilgan.

Olti sutka davomida uxlashga imkon berilmagan, 3 kun davomida Bobomurod bir kishilik kamerada qip yalang‘och holda saqlangan.

Shuningdek, u O‘zbekistonning amaldagi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga va yaqinda MXX raisi etib tayinlangan Ixtiyor Abdullaevga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangan.

Bobomurodning ta'kidlashicha, bu ko‘rsatmalar qiynoq ostida berilgan va haqiqatni aks ettirmaydi. Aslida u bu ikki mulozim bilan hayoti davomida umuman uchrashmagan.

«Suhbatning videoga olinayotganini tushunganim uchun Bobomurodga javoblarni qog‘ozga yozib berishi mumkinligini aytdim. U qalam bilan javoblarni yozib turdi. Keyin qog‘ozlarni mayda qilib yirtib tashlayotganimda tezkor xodim kirib, qog‘oz qiymalarini to‘plab, o‘zi bilan olib ketdi», dedi Sergey Mayorov.

Bobomurod Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan.

Oradan uch kun o‘tib, uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Eltuz» nashri Abdullaevning sudi bilan bog‘liq jarayonni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 january 2026
Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimnidir ko‘ngliga ozor berganimdan ko‘ra, shirin shakar gaplar aytib sizga yaxshi ...
4 february 2016
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, 1 fevral kuni – o‘zbekistonlik taniqli xonanda Tamila (Esmeralda Raxmatova)ning litsenziyasiini bekor qildi. Tamilaning litsenziyasi bekor ...
25 december 2018
O‘zbekistonda import hajmi eksportga nisbatan davomiy ravishda ortib borayotgani qisqa va o‘rta istiqbolda mamlakat tashqi qarzlarining keskin ko‘payishiga olib ...
7 september 2018
O‘zbekiston hukumati 6 sentyabr kuni Internet veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Ushbu nizomga muvofiq, tarqatilishi taqiqlangan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...