Document UZ
5 april 2018

Samarqandlik haydovchilar ikki martadan jarima to‘lashga majbur bo‘lishmoqda

Haydovchilik kamarini taqmaganlik uchun jarima to‘lab bo‘lgan haydovchilardan olti oy o‘tib qaytadan jarima to‘lashlari talab qilinmoqda. Bu haqda «Eltuz» muxbiriga samarqandlik bir nechta haydovchi ma'lum qildi.

Ikki marta jarima to‘langani haqidagi «Eltuz»ga kelib tushgan ma'lumotnoma nusxasi

Majburiy ijro byurosi mas'ul xodimining bildirishicha, byuro shahar ichki ishlar idorasi tomonidan berilgan hujjatlarga asosan ijro harakatlarini olib bormoqda va bu kabi har qanday anglashmovchilik bo‘yicha Samarqand shahri YHXB mas'uldir.

To‘lov kvitantsiyalarini yo‘qotgan haydovchilar qaytadan 29 950,00 so‘m to‘lashga majbur bo‘lishmoqda. Kvitantsiyani saqlab qolganlar esa avval shahar YHXBga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan, keyin shahar IIB YHXBning o‘zidan ma'lumotnomalar olib, MIBga takdim etishlari shart.

Samarqand shahri YHXBga xizmat ko‘rsatuvchi «Orient finans bank» Samarqand filiali to‘lovlarni tasdiqlash bo‘yicha mas'ulining «Eltuz» muxbiriga ma'lum qilishicha, oxirgi paytlarda oldin to‘langan jarimalar bo‘yicha ma'lumotnoma olish uchun har kuni bir necha haydovchi murojaat etmoqda.

Yuzaga kelgan holatni Samarqand shahri YHXB mas'ul xodimi ham tasdiqladi, lekin holat sabablari bo‘yicha asosli tushuntirish olishning imkoni bo‘lmadi.

Qonun bo‘yicha 60 kundan so‘ng davlat ijrochisiga berilishi belgilangan ijro hujjatlari nima uchun 180 kundan keyin berilganligi ham noma'lum.

O‘zbekistonda haydovchilarning ikkinchi marta qaytadan jarima to‘lashga majbur bo‘layotganligi holati oldin kuzatilmagan edi.

«Eltuz» nashri samarqandlik haydovchilarning ikki martadan jarima to‘lashga majbur bo‘layotganligi bo‘yicha IIVning rasmiy munosabatini kutib qoladi.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 february 2022
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
5 january 2026
Siz qila olmaydigan narsalar, qila oladigan ishlaringizga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymang. 
14 january 2019
Quyidagi maqolada keltirilgan ma'lumotlar Davlat havfsizlik xizmati tarkibida ishlaydigan shaxsdan kelib tushdi. O‘zbekiston kabi yopiq mamlakatda davlat organlari ko‘p ...
25 december 2019
Elektr energiyasi tanqisligi muammosi O‘zbekistonda 2019 yilda ham dolzarbligicha qoldi. Rassom Dumham Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...