Asosiy mavzular
4 may 2018

Anvar qori sun'iy koma holatidan uyg‘ondi

Diniy idoraga yaqin bir manbaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, 60 yashar Anvar qori Tursunov 1 may kuni sun'iy koma holatidan uyg‘ongan. Bu holatda u salkam bir oy qolgan.

«Qori aka uyg‘onibdilar. Odamlarni tanib, oz-moz gaplashayotgan ekanlar», deya bildirdi 4 may kuni «Eltuz» suhbatdoshi.

Insultga chalingan Toshkent shahri bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 2018 yilning 5 aprelidan buyon koma holatida qolayotgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining neyroreanimatsiya bo‘limida sun'iy nafas oldirish tizimiga ulab qo‘yilgan edi.

Faoliyatini o‘tgan asrning 80-yillarda “Yoshlik” jurnalida boshlagan Anvar Tursunov 1989-1992 yillarda Qur'oni karimning birinchi tarjimasiga (shayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan.

2015 yildan Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 april 2024
Germaniyadan O‘zbekistonga borgan xalqaro tashkilot rahbari Umida Niëzova ëllangan bloger tomonidan haqorat qilindi. 18 aprel kuni Farg‘onada xizmat safarida ...
21 july 2016
Avval ham aytganmiz, «Qishloq hayoti» ajoyib gazeta. Qishloq odamlariga, dehqonlarga ekinni qachon ekish, go‘ngni qachon qaerga ishlatish borasidagi qiymati ...
22 june 2021
Yaqinda BMT ishchi guruhi 2018 yil oxirida qamalgan sobiq o‘zbek diplomati Qodir Yusupovning hibsga olinishi o‘zboshimchalikdir, degan xulosaga keldi. ...
25 july 2017
1 iyuldan Farg‘onada ish boshlagan Majburiy ijro byurosi (MIB) ishidan odamlar norozi bo‘la boshladi. MIB inspektorlari uyma-uy yurib aliment, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...