Catira
11 july 2018

Tonirovka 15 million – mashina 5 million…

Shu yilning 13 iyulidan O‘zbekistonda mashinalarning oynasini qoraytirishga izn beruvchi qaror loyihasi muhokamasi to‘xtatiladi.

Loyihaga ko‘ra, 90 minimal ish haqi yoki 15 million so‘m evaziga mashinalarning orqa va yon oynalarini 70 foiz qoraytirish huquqi beriladi.

Hujjat loyihasi o‘zbekistonlik haydovchilarning norozilik petitsiyalaridan so‘ng 28 iyun kuni muhokamaga qo‘yilgan edi.

Mashina oynasini qoraytirish haqini belgilashda mashina narxlaridagi farqlarning hisobga olinmagani va taklifninng haddan tashqari qimmatligi haydovchilar noroziligini keltirib chiqarmoqda.

«Hozirgi 90 minimalkaga tonirovkamas, moshina olsa bo‘ladi», deya yozadi Toshxo‘jaev Odilxon ismli shaxs.

«Tonirovkaga ruxsat berilayotganiga rosa xursand bo‘lgandim. 90 minimalkani eshitib hayron koldim. Mashina markasiga qarab minimalkasi belgilansa, eng odil qaror bo‘ladi menimcha», deydi u.

Shu paytgacha mashina oynalari qoraytirilgani uchun 172 240 so‘mlik jarima belgilangan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 october 2017
Bobomurod ishi, no‘noq rejisser sahnalashtirgan, biroq chinakam jallodlar ishtirokidagi qonli teatrni eslatadi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sobiq mulozimi, hozirda ...
12 october 2025
Amerika Urushni o‘rganish instituti Ay Es Dablyu Moskva «Nol faza» deb ataluvchi bosqichga — Alyans bilan to‘qnashuv tayyorgarlik bosqichiga ...
17 january 2020
Xitoy hukumati inson huquqlarida o‘zi uchun ekzistentsial tahdidni ko‘radi. Uning shu munosabat bilan qilayotgan sa'y-harakatlari esa global ko‘lamda inson ...
30 november 2016
26 minut davom etgan BBS o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Cafo bilan suhbati chog‘ida kichik Islom Karimov shuningdek onasi Gulnora ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...