Asosiy mavzular
4 september 2018

Gulnoraga pora berganlarning sudi boshlandi (video)

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 4-sentyabr ertalabdan Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanayotgan Telia mobil shirkatining uch nafar sobiq raxbarlari ustidan sud boshlandi.

Sudning 8-nchi zalidagi sudlanuvchilar kursisiga soat 9.00 da Telia shirkati sobiq bosh ijrochi direktori Lars Nyuberg, sobiq moliyaviy direktori Tero Kivisaari va shirkatning Yevroosië mamlakatlari faoliyati bo‘yicha sobiq bosh maslahatchisi Uli Tuimalar keltirildi.

Bu shaxslar O‘zbekistondagi Ucell faoliyati uchun zarur litsenziyani olish va Gulnora Karimovaning «panohida bo‘lish» uchun 350 million AQSh dollar miqdorida pora berishda sudlanishmoqda.

«Izoh berilmaydi!»

Cud zaliga yaqinlasharkan, jurnalistlarga to‘qnash kelgan Lars Nyuberg ularning ko‘plab savollariga: «Izoh berilmaydi!» deya sovuqqina javob qildi.

Sudga ikki nafar sudya Tomas Zander va Anna Lilienberglar xakamlik qilmoqda. Jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, advokatlar, qoralovchi tomon vakillari ishtirok etmokda.

Sudning tushgacha davom etgan dastlabki kismida, maxkama jarayoniga oid masalalar muhokama qilindi.

Prokuror ayblovi va shirkatning sobiq moliyaviy direktori Tero Kivisaari advokatlarning javobi tinglandi.

Pora olganlar sudlanuvchilar ro‘yhatida yo‘q

Gulnora Karimovaning o‘zi va pora evaziga davlat litsenziyasini berishda ishtirok qilgan o‘zbekistonlik mulozimlar sudlanuvchilar ro‘yxatida yo‘q.

Telia kompaniyasi AQSh Adliya vazirligi bilan sudgacha erishgan kelishuvida O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga 331 million dollar pora berganiga iqror bo‘lgan va 2017 yil sentyabrda qariyb 1 milliard dollar jarima to‘lashga ko‘ngan edi.

Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi pul mojarosi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Shveytsariya tomoni ayni paytda,  Gulnora Karimov bank hisobidagi muzlatilgan mablag‘larni O‘zbekistonga topshirish jarayoni ustida ishlamoqda.

Ammo O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir qator faollari Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida saqlanayotgan pullarini shunchaki rasmiy Toshkentga topshirib yuborishga shoshilmaslikka chaqiryapti.

Ularning fikricha, bu mablag‘lar O‘zbekistonga mamlakat rahbariyati va'da qilayotgan islohotlarning ijobiy amaliy natijalariga qarab, bo‘lib-bo‘lib qaytarilishi lozim.

11 yil burungi O‘zbekiston bilan bog‘liq korruptsiya javobgarligi

4 avgustda boshlangan sud O‘zbekistondan mobil litsenziyasi olish uchun o‘zbek diktatorining qizi Gulnora Karimovaga pul berganlarning qanchalik aybdor yoki aybsizligini o‘rganmoqda.

Garchi bu voqea 11 yil ilgari 2007 yili sodir bo‘lgan, moliyaviy jinoyat ishi olti oy tergov qilingan va shirkatning sobiq raxbarlarini bugun ancha kuchli advokatlar astoydil himoya qilmoqda.

Sud majlisida, prokuror tomonidan o‘rganilgan, Gulnora Karimova korruptsion sxemasiga oidligi aniqlangan dalillar ekranga chiqarib ko‘rsatilmoqda. 

Mahkama jarayoni shved Televideniesi va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda.

«Eltuz» nashri Stokgolmdagi Gulnoraga pora berish mojarosi bo‘yicha sud jarayonini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

 

Tag‘in o‘qing
13 october 2020
3 oktyabrda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi rahbari J.N. ishchisi S.Sh.ni sazoyi qilib, ...
19 june 2025
Qashqadaryoda urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermerlar  xonavayron bo‘lmoqda.  Fermerlar  viloyat hokimining qishloq  xo‘jalik  masalalari bo‘yicha  birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqovning xurmacha  ...
6 june 2022
Bosh prokuratura tomonidan tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish va ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida qonun loyihasi ishlab ...
23 may 2024
Filial boshlig‘i Kamoliddin Abdullaev o‘ziga KIA K5 rusumli mashina sotib olib kreditni xodimlarga to‘lattirmoqda. Kadastr palatasi Qibray tuman filiali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...