Document UZ
25 september 2018

Achchiq qalampirning achchiq qismati

Bu yil bahordagi yig‘ilishda fermerlarga achchiq qalampir ekish topshirildi.  Bunga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi qarori ijrosini ta'minlash asos qilib ko‘rsatildi.

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida o‘tgan yig‘ilish majlis bayoni nusxasi

Ba'zi fermerlar paysalga solib yurishdi. Men bo‘lsam “hokim baribir ektirmasdan qo‘ymaydi”, degan o‘y bilan o‘zim ishga kirishdim.

Toshkendagi achchiq qalampir yetishtirayotganlarning tajribasini o‘rgandim va ulardan urug‘lik sotib oladigan bo‘ldim.

Allaqayoqdandir paydo bo‘lgan dallollar viloyat hokimidan ruxsat olib fermerlarni urug‘lik bilan ta'minlashini aytdi.

Hokim himoyasi ostida fermerlarga bosim o‘tkazib, fermerlar bilan shartnoma tuza boshladi. Toshkentdagi tanish mutaxassislarga telefon qilib dallollar haqida so‘rasam, ulardan urug‘lik olmaslikni maslahat berdi.

Ularning o‘taketgan firibgar ekanini, urug‘lari tumsonav bo‘lib, umuman hosil tugmasligini aytdi. Xorijdan keltirilgan 1 kg eng sara qalampir urug‘i 500 000 so‘m bo‘laturib, dallollar menga bepusht qalampir urug‘ini uyalmay-netmay 1 mln. 100 000 so‘mga pullamoqchi.

Men ularning taklifini qayta-qayta rad etishimga qaramasdan, ular meni tinch qo‘yishmadi. Mayli, dedim oxiri, shartim shuki, qalampir hosilini ham o‘zlaringiz sotib olasizlar, dedim.

“Biz faqat urug‘ sotish bilan shug‘ullanamiz”, deyishdi ular. Keyin boshqacha taklif kiritdim. Pulning 25%ini oldindan, 50% ini urug‘ unib chiqqandan so‘ng, qolganini hosilni ko‘rib to‘lamoqchi ekanimni aytdim.

Ular esa hammasini oldindan to‘lashimizni talab qildi. Men ko‘nmadim. O‘zim urug‘ topib 1000 metr yerga qalampir ekib, hokimning zug‘umidan qutildim. O‘sha dallollardan urug‘ olgan fermerlarning hosilini kuzatdim. Shildiragan poya boru hosil yo‘q.


Achchiq qalampir yetishtirish bo‘yicha kun.uz nashri e'lon qilgan hujjat

Meniki serhosil bo‘ldi. Endi uni so‘raydigan odam yo‘q. Shuncha qalampirni kimga terdiraman, kimga sotaman. Hozir hokimlar paxta bilan ovora. Paxta mavsumi tugagandan keyin taqsimotda ko‘rsatilgan ekinlarni birma-bir so‘roqlab boshlaydi.

Qalampir chirib ketsa ham ularning ishi yo‘q. Bankka falon million naqd pul topshirishni talab qiladilar. Qalampir uchun ham, boshqa ekinlar uchun ham qancha pul topshirishimizni hozir hech kim bilmaydi.

Xorazmlik fermer
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 november 2016
Internetda bosh vazirning virtual qabulxonasiga oid latifanamo gap-so‘zlar ko‘payib borayotgan bir paytda mahalliy matbuot uni ko‘klarga ko‘tarishda davom etyapti. ...
2 november 2023
Rassom Tuz
17 march 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
12 march 2024
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...