Kundalik
6 february 2016

Tamila: “Uyatsiz videolarga aloqam yo‘q!”

Bugun 6 fevral kuni xonanda Tamilaning feysbuk sahifasida va uning muxlislari tomonidan tashkillashtirilgan “Je suis Tamila!” guruhida o‘z muxlislari va fan klubi guruxlari ishtirokchilariga videomurojaati paydo bo‘ldi.

Tungi shaharda mashina kabinasida olingan murojaatida xonanda “tarmoqda yaratilgan guruh ishtirokchilari”ga “yagona iltimos” bilan murojaat qilib:

“Menga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan o‘sha jirkanch ko‘rinishdagi, ahloqsiz video va fotomateriallar bilan meni adashtirmasliklaringizni so‘rashni istardim, chunki ularning menga hech aloqasi yo‘q”, deydi.

Shuningdek xonanda sal ilgariroq tergov bu materiallarning qalbaki ekanligini aniqlagani, ekspertlarning rasmiy xulosasi esa uning prodyusserlik markaziga taqdim etilgani, haqida ma'lumot beradi.

Hozirda uni qo‘llab quvvatlayotgan hayrixohlariga minnatdorchilik bildirarkan Tamila, 2016 yilning 3 fevralidan buyon Toshkentda ekanini aytadi

“Men o‘zim sevgan shahardaman va bu yerni tark etganim, yana tag‘in qochib ketganim yo‘q deydi videomurojaatida Tamila yengil mashinasi rulini boshqararkan.

Shu o‘rinda behisob savollar tug‘ildi, biroq Eltuz.com nashrining xonandadan intervyu olishga bo‘lgan urinishi esa hozircha samarasiz bo‘ldi. .

Bundan ilgari matbuotda Tamilaning litsenziyasi bekor qilinishiga uning Telegram tarmog‘ida tarqalgan, ketini ochib ko‘rsatgan “behayo videosi” sabab bo‘lgani, Chimkentga chiqib ketgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan, ayrim manbalar buni tasdiqlagan, shundan so‘ng tarmoqda va saytlarda xonanda tarafdorlari va qoralovchilari o‘rtasida janjallari avj olgan edi.

Shuningdek, o‘z murojaatida xonanda “O‘zbeknavo” estradasi birlashmasi tomonidan litsenziyasi bekor qilingani sabablari, uning nomidan “qalbaki va ahloqsiz” video va fotolarni qo‘ygan shaxslar kimlar va ularga qanday chora ko‘rilganiga ham izoh bermaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 january 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
10 june 2016
Mustaqillikning 25 yillik to‘yi oldidan boshlangan ura-ura maqolalar orasidan «Xalq so‘zi»da chop etilgan «Taraqqiyotimizning asosiy mezoni» to‘g‘risidagi lavha ham ...
19 december 2018
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi Zokirjon Ibragimov 14 dekabr kuni 12 ming AQSh dollarini pora sifatida olaëtganida ...
25 january 2020
Hafta o‘tib men yana sizlar bilanman, qadrli tomoshabinlarim. So‘zimni hafta yangiliklari bilan boshlasam. MAHALLIY YaNGILIKLAR O‘tgan hafta prezident Karimovning yeb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...