Asosiy mavzular
14 december 2018

Qalbaki chiptalarni fosh qilgan aktrisa ishdan haydaldi

Farg‘ona musiqali drama teatri aktrisasi Malohat Toirova tomoshalariga qalbaki chiptalar sotilganligini fosh qilgani uchun ishdan bo‘shatilganini bildirmoqda.

Bu haqda «Eltuz»ga intervyu bergan Malohat Toirovaga ko‘ra, u teatr direktori tomonidan soxta chiptalar sotilganini fosh qilgach, Farg‘ona teatrining eski direktori Tavakkal Sultonov ishdan bo‘shatilgan. Yangi tayinlangan direktor esa Adham Akromov esa uni ishdan haydagan.

«Men qalbaki chiptalar sotilayotganligini bilgach, to‘g‘risi, vijdonim qiynaldi. Bu kabi qallobliklarni ko‘rib ko‘rmaslikka olsak, indamay yuraversak, davlatning millionlab pullari sovurilib ketaveradi-ku, deb bu haqda huquq-tartibot organlariga murojaat qildim. Bu murojaatim o‘z tasdig‘ini topdi. Ana shundan keyin menga turli tazyiqlar boshlandi», – dedi Malohat Toirova.

Farg‘ona teatriga sotilgan soxta chiptalar

Eski direktor ishdan ketdi, yangisi aktrisani ishdan bo‘shatdi

Soxta chiptalar sotish voqeasi 2015 yili bo‘lgan edi. Farg‘ona teatrining o‘sha paytdagi direktori Tavakkal Sultonovning jinoiy qilmishlari ochilgach, u davlatga yetkazgan zararini qoplab, ishdan bo‘shadi. Uning o‘rniga o‘sha paytda kasaba uyushmasi raisi bo‘lib ishlagan Adham Akramov direktorlikka tayinlandi.

Ammo, Malohat Toirovaning so‘zlariga ko‘ra, teatrning yangi direktori Adham Akramov ham Tavakkal Sultonovning moliyaviy xatolarini takrorlay boshlagan.

«Murojaatim asosida nazorat-taftish ishlari boshlanganidan so‘ng 2017 yilning 3 may kuni Adham Akromov menga va teatrda ishlayotgan, nafaqa yoshidagi bir guruh pensionerlarga ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirish xati berdi. 2017 yilning 30 iyun kuni esa meni va menga hujjatlarni taqdim etgan hisobchi Muhabbat Mirzajonovani ishdan bo‘shatdi», deydi Malohat Toirova.

Malohat Toirova «Temir xotin» spektaklidagi Sharofat rolida

«Aktrisa pensiya yoshiga yetgani uchun bo‘shatilgan»

Teatr direktori Adham Akromov aktrisa va hisobchining pensiya yoshiga yetganligi uchun qonuniy bo‘shatilganligi, bu haqda ular ogohlantirilishganini aytadi.

Shuningdek, u ayni ikkala xodim uning ishidan norozi bo‘lib, «teatrda nosog‘lom muhitni vujudga keltirib», u haqda va teatrda bo‘layotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga, Kasaba uyushmalari federatsiyasiga arizalar yozishganini bildiradi.

«To‘g‘ri, eski direktor paytida qalbaki chiptalar sotilgan. Ammo men qalbaki chipta sotmaganman. O‘zim ham shu qalbaki chiptalarga qarshi bir qancha ishlarni amalga oshirdim. Ishdan bo‘shatilgach, ikkala xodim ham alamzada bo‘lib qoldi. Shuning uchun ular hamma joyga shikoyat qilishyapti», – dedi Adham Akramov.

«Teatr falon yoshga yetgani uchun ishdan bo‘shatiladigan joy emas»

Farg‘ona teatri jamoasi vakillari, jumladan, uning bosh rejissyori Muhammadsolih Yusupov professional aktrisaning ishdan bo‘shatilishi va teatrda bo‘layotgan ishlardan noroziligini bildiradi.

«Men direktorning ishini, albatta, oqlamayman. Malohat Toirova ayni kuchga to‘lgan, teatrda yonib ijod qiladigan professional aktrisalardan biri edi. Teatrda boshqa zavod va fabrikalardagidek yoshning ahamiyati yo‘q. 12 yoshli bolaga ham, 90 yoshli kampirga ham, albatta, rol topiladi. Ijodkorni ishdan olishda direktor teatr ijodiy jamoasi, rejissyori bilan maslahatlashini kerak edi», – deydi Yusupov.

Malohat Toirova nohaq ishdan bo‘shatilgani haqida murojaat qilganidan so‘ng viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev uni ishga tiklash borasida teatr direktoriga topshiriq berganini aytadi.

Shundan so‘ng teatr direktori hisobchi va aktrisadan qayta ariza yozishlarini so‘raydi. Biroq Toirova u holda ishga kirishi haqida yangi buyruq chiqarilishi, 32 yillik stajiga kuyib qolishi mumkinligini aytib, e'tiroz bildiradi. Direktordan eski buyruqning bekor qilinishini talab qiladi.

Biroq direktor “Ishlasangiz, qaytadan ariza yozing! Men buyrug‘imni bekor qilmayman”, deydi.

Teatr direktori Adham Akromov endilikda o‘z buyrug‘ini bekor qilish bilan noto‘g‘ri chiqargan buyrug‘i uchun jarima to‘lashni va opaning ishlamagan kunlari uchun kompensatsiya puli berishni istamasligini aytadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 june 2025
Istanbul Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiyada seksual tajovuzga uchrab og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan o‘g‘il bola O‘zbekistonga qaytarildi Fuqaro T.O.ning ...
25 august 2023
Yana xafta girr aylandi. Siz bilan yuzma yuz, betma betman.  MS: Nichiksizla, xo‘jik birra oybikalar. Shobbozdayi kadilara salom! RT: ...
4 january 2021
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasini tartibga solish hamda iste'molini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga nosvoy tayyorlash ...
24 april 2016
«Hurriyat» gazetasi bugun xalqning kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng og‘riqli nuqtasiga e'tibor qaratib, isitish tizimi va issiq suv bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...