UzPoster
24 january 2019

100 ming so‘mlik yoki «bir mammad, ikki mammad»…

Markaziy bank Navro‘z arafasida yuz ming so‘mlik banknotlarni muomalaga kiritishi haqida bildirib, bundan qulayliklar yaratish, pullarni tashish xarajatlarini kamaytirish, bankomatlar samaradorligi ko‘zlanganini aytmoqda.

Ammo bloger Eldar Asanov o‘z blogida Ozarbayjon tajribasidan misol keltiradi.

Asanov formati: Inflyatsiya masalasida

Ozarbayjon manati ham 90-yillarda va 2000 yillar boshida kichikroq inflyatsiyani boshdan kechirgan. O‘shanda 10 ming va ming nominalli banknotalar chiqarilgan. Odamlar “ming”, “o‘n ming” deyishga erinib, banknotalarga nom qo‘yib olishgan: 250 manat — qiz qal'asi (qız qalası, banknotada Bokuning shu nomli mashhur tarixiy obidasi tasvirlangan edi), 500 manat — nizomiy (nizami, kim tasvirlanganini tushundingiz), ming manat — mamademin yoki mammad (məmməd, Mamadamin Rasulzoda tasviri tushirilgan), 10 ming manat — shirvon (şirvan, Shirvonshohlar saroyi tasvirlangan).

U yillarda Boku bozoriga chet ellik odam kirib qolsa, ozgina aylanib, narx-navoni tushunmay chiqib ketardi. Aytaylik, kimdandir narx so‘rasangiz, u “besh shirvon bir nizomiy” derdi, bu 50 500 manatligini tushunishga vaqt va ko‘nikma talab qilinardi. Yoki bo‘lmasa, aytaylik, kurtka sotvolaman desangiz, yuz ellik besh shirvon to‘lashingizga to‘g‘ri kelardi (qanchaligini o‘zingiz hisoblab oling, erindim). Hozir ham ozarbayjonlar “bir mammad, ikki mammad” deb hazillashib yurishadi.

2006 yil 1 yanvarida mamlakatda denominatsiya o‘tkazilib, 5 ming manat 1 manatga tenglashtirildi. Ungacha 100 dollar taxminan 50 ming manatga (yoki besh shirvonga) teng edi, hozir esa bankka 100 dollar topshirib, 176 manat olasiz.

Darvoqe, yana masxara bo‘lib ketmasin deb yangi banknotalarga odamlarning va tarixiy binolarning suratlari joylanmay qo‘ygan.

Eldar Asanov,
Telegram blogeri

Tag‘in o‘qing
18 november 2016
O‘zini avvaliga Sabrina deb tanishtirgan 22 yashar O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S dugonasi asli ozarbayjonlik 23 yashar Latifa Mamedova bilan ...
22 october 2015
Siz ko‘rib turgan suratdagi viqor bilan xarbiylar yonida turgan kishi – Jizzaxlik fermerlar va xuquq ximoyachilari tomonidan «Quturgan xokim» ...
29 april 2017
24 aprel kuni Toshkent shahar hokimi topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan komissiya poytaxtdagi «Like Bar» yoshlar hordiq chiqarish klubiga bordi. «Like ...
25 march 2024
Salom qadrli muxlislar, shoshilinch xabar. 26 martga o‘tar kechasi soat 24.00 atrofida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish  vazirligining «Ulush kiritish asosida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...