Asosiy mavzular
25 march 2024

Qurilish vazirligi sayti IShID tomonidan buzildi

Salom qadrli muxlislar, shoshilinch xabar. 26 martga o‘tar kechasi soat 24.00 atrofida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish  vazirligining «Ulush kiritish asosida uy-joy qurish» milliy axborot tizimi IShID jangarilari tomonidan buzib kirildi.

Saytning bosh sahifasida arab tilida «Sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz» deya yozuv qoldirilgan. Matn ostida IShID tashkilotining vatsap manzili ko‘rsatilgan.

«Ushbu sayt bir necha bor xakkerlar tomonidan buzib kelinmoqda. Nahotki, qurilishlardan milliardlab pul topadigan vazirlik o‘z saytini yaxshilay olmasa? Hukumat saytida terrorchi tashkilotning targ‘ibot e'loni bir soatdan buyon ilinib turibdi. Mulozimlar esa hanuz uxlab yotibdi» dedi voqea haqida Eltuz insayderi.

Bu ota turkning mashhur satrlarini menga eslatdi. «Uxlagan millat qul bo‘lib uyg‘onadi. Yoki umuman uyg‘onmaydi» degan edi Ota Turk. Voqea Eltuz IShIDning terorchilik hujumlari va O‘zbekiston bilan aloqalari haqida tahliliy material tayyorlayotgan bir vaqtga to‘g‘ri kelgani ham paradoks holatdir.

Eltuz IShID xakerlari bilan bog‘liq voqea jarayonini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Layk qoldiring. Agar imkon topsangiz raxmat knopkasini bosib bizni qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
13 june 2018
Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar Tursunov 13 iyun kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Eltuz»ga imomning yaqinlari xabar ...
23 october 2015
Ulug‘bek Ashur, Eltuz.com Shu yilning 4 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashovchi 33 yoshli Aramais Avakyanning xonadoniga noxush ...
8 april 2015
Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya ...
10 december 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik zalida 18 yil davomida taqiqda bo‘lgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” filmining taqdimoti kamtarona va odmi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...