Asosiy mavzular
28 january 2019

Hokimlik Yangiobod turbazasi «davlat va jamiyat ehtiyojlari» uchun olinayotanini bildirdi

26 yanvar kuni Yangiobod turbazasi rahbari Ali To‘xtaevga Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 23 yanvarda chiqargan 42-qaror asosida Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov uning yer maydoni va ob'ektlarini «davlat va jamoat foydasiga» olish haqida imzolagan qaror berildi.

Hokimning qarorida nima uchun turbazaning tortib olinayotgani, davlat va jamiyatga bunday zarurat qaerdan paydo bo‘lgani haqida hech qanday tafsilot yo‘q. 

28 yanvar kuni Ali To‘xtaevning «Eltuz» bilan telefonda bog‘langan xotini Anna To‘xtaeva mulklari tortib olinishi bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun advokat yollangani, bu haqda prokuraturaga yozishganini bildirdi. 

Qaror chiqishidan bir kun oldin, 25 yanvar kuni To‘xtaeva Angren shahri hokimi o‘rinbosari milliy gvardiyaning uch nafar zobiti bilan birga bazaga kirib kelishgani, hech kimni u yerdan chiqarmaslik va kiritmaslikka buyruq berishgani haqida «Eltuz»ga bildirgan edi.

Shu kuni To‘xtaeva baza hududida dam olayotgan xorijiy sayyohlar bilan harbiylar o‘rtasida ham ziddiyat kelib chiqqani haqida «Eltuz»ga ma'lum qilgan va bu hodisani reyderlik hujumi deya baholagandi. 

Sayyohlik bazasini saqlab qolish uchun kurash

28 yanvar kuni telegram, instagram va feysbukdagi guruhlarda  Yangiobod sayyohlik bazasini saqlab qolish uchun faol harakat ham boshlandi. 

Chang‘i sporti bilan shug‘ullanuvchi bir guruh shaxslar telegramdagi sahifasiga qo‘ygan videolarida agar turbaza tortib olinadigan bo‘lsa, ular uchun mashq qilish, shuningdek, kelgusida xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun imkon qolmasligini bildirishdi.    

Shuningdek, turbazani saqlab qolish tarafdorlari Prezident virtual qabulxonasiga xat yo‘llashdi va petitsiya ham tashkil qilishdi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridan ...
23 november 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta navbatdagi shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Buxoroning Shofirkon tumanidan. Shofirkonda tok yo‘q «Assalomu ...
7 august 2025
Tashabbusli byudjet loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi. Vobkent tumanida har yili 10-11 loyiha g‘olib bo‘lyapti. G‘olib loyihalarning aksariyati maktab va ...
15 august 2024
Eltuz manbalarining ma'lum qilishlaricha, Salim Abduvalievning o‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 11 avgustda ba'zi telegram kanallar jumladan Qoraxabar “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Qirg‘izboevich Abduvalievning vafot etgani haqida xabar tarqatdi. “Tarqalgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...