Asosiy mavzular
28 january 2019

Hokimlik Yangiobod turbazasi «davlat va jamiyat ehtiyojlari» uchun olinayotanini bildirdi

26 yanvar kuni Yangiobod turbazasi rahbari Ali To‘xtaevga Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 23 yanvarda chiqargan 42-qaror asosida Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov uning yer maydoni va ob'ektlarini «davlat va jamoat foydasiga» olish haqida imzolagan qaror berildi.

Hokimning qarorida nima uchun turbazaning tortib olinayotgani, davlat va jamiyatga bunday zarurat qaerdan paydo bo‘lgani haqida hech qanday tafsilot yo‘q. 

28 yanvar kuni Ali To‘xtaevning «Eltuz» bilan telefonda bog‘langan xotini Anna To‘xtaeva mulklari tortib olinishi bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun advokat yollangani, bu haqda prokuraturaga yozishganini bildirdi. 

Qaror chiqishidan bir kun oldin, 25 yanvar kuni To‘xtaeva Angren shahri hokimi o‘rinbosari milliy gvardiyaning uch nafar zobiti bilan birga bazaga kirib kelishgani, hech kimni u yerdan chiqarmaslik va kiritmaslikka buyruq berishgani haqida «Eltuz»ga bildirgan edi.

Shu kuni To‘xtaeva baza hududida dam olayotgan xorijiy sayyohlar bilan harbiylar o‘rtasida ham ziddiyat kelib chiqqani haqida «Eltuz»ga ma'lum qilgan va bu hodisani reyderlik hujumi deya baholagandi. 

Sayyohlik bazasini saqlab qolish uchun kurash

28 yanvar kuni telegram, instagram va feysbukdagi guruhlarda  Yangiobod sayyohlik bazasini saqlab qolish uchun faol harakat ham boshlandi. 

Chang‘i sporti bilan shug‘ullanuvchi bir guruh shaxslar telegramdagi sahifasiga qo‘ygan videolarida agar turbaza tortib olinadigan bo‘lsa, ular uchun mashq qilish, shuningdek, kelgusida xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun imkon qolmasligini bildirishdi.    

Shuningdek, turbazani saqlab qolish tarafdorlari Prezident virtual qabulxonasiga xat yo‘llashdi va petitsiya ham tashkil qilishdi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 october 2025
Umrining 16 yilini u mahkumlikda kechirdi. Rasman Toshkentdagi 1999 yilgi teraktlar uchun, amalda esa “Erk” gazetasini chop etgani va ...
11 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan ...
25 february 2016
Agar Navoiy tirik bo‘lganida bugungi o‘zbek kinolari haqida nima der edi. Har holda tasanno aytmagan bo‘lar edi. Masalan O‘zbekistonlik ...
11 november 2020
Prezident administratsiyasi mulozimi Obid Hakimovning matbuotga bergan intervyusidagi “Kuniga 5600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emas”, degan gapi ijtimoiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...