Kundalik
24 january 2016

O‘zbekistonda 23 yashar millioner yashamoqda

O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadarë viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda.

Agar Yakkabog‘ga borib “qani millioner” desangiz sizga Ro‘ziqul akaning uyini ko‘rsatishadi. Huddi shu uyda Millioner istiqomat qiladi.

rasm785
Qamashida tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘yishgandi
Ishonmasangiz pasportini ko‘rishingiz mumkin. Bu yigitning pasportida Millioner Ërmatov Ro‘ziqul o‘g‘li deb ëzilgan. Ro‘ziqul aka bu savolga javob beraverib ko‘nikib ham ketgan.

“Ha endi yahshi niyat bilan qo‘ydikda. Balkim hali millioner bo‘lar” deydi Millionerning otasi. 1993 yilda tug‘ilgan Millioner Ërmatov kelgusida Rossiyaga borib ishlab pul topmoqchi.

Qashqadarëda bolalarga ism qo‘yish masalasidagi erkinlikka hech kim shubha bildirmaydi. O‘tgan yil avgustda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘ygan edi.

Ishani «Yoshlar» telekanalida qisman namoyish qilingan Hindistonda suratga olingan «Senga oshiqman» seriali bosh qahramonlaridan birining ismidir.

Bungacha, O‘zbekistonning turli hududlarida tug‘ilgan bolalarga Ishani (Qashqadaryo), Messi (Farg‘ona), Ronaldo (Xorazm) kabi ismlar qo‘yilgani ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli shaharlarida Bryus Li, Chingachguk, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Jumong kabilar uchraydi.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Qarshi, Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 december 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
14 december 2018
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bir necha kun ...
13 november 2018
“Bu yil fermerlarga har yilgidan ko‘ra og‘ir bo‘ldi. Ularga nisbatan zug‘um va zo‘ravonliklar ko‘lami oshsa oshdiki, aslo kamaymadi”. Bu ...
5 january 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...