Asosiy mavzular
2 february 2019

Jasliq mahkumi Iskandar Xudoyberganovning ahvoli og‘irlashdi

O‘n sakkiz yildan ortiq O‘zbekistonning Jasliq qamoqxonasida qolayotgan 44 yoshli siyosiy mahkum Iskandar Xudoyberganovning ahvoli o‘ta og‘irlashgan. Bu haqda «Eltuz»ga 1 fevral kuni mahkumning Shvetsiyada yashayotgan singlisi Dilobar Erkinzoda xabar berdi.

«Jasliqdan kelgan miiltsiya kiyimidagi bir shaxs (qamoqxona yoki JIEBB (GUIN) xodimi) bugun amakimning uyiga kelib, «Iskandar Xudayberganov qarindoshingizmi?» deb so‘ragan, ya'ni akam haqida surishtirgan. Ha, degan javobni olgach, «Men uning oldidan kelyapman, ahvoli o‘ta og‘ir, jiddiy kasallangan, yaqinlaridan kim qamoqxonaga bora oladi?» deya so‘rashgan», dedi Dilobar Erkinzoda «Eltuz» muxbiriga.

Biroq amakisi bilan familiyalari bir xil bo‘lmagani sababli JIEBB xodimi unga va boshqa qarindoshlariga uchrashuv bermasligini bildirgan.

«Qamoqxona xodimi amakimga chet eldagi yaqin qarindoshlari bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntiring va ular zudlikda advokat bilan yetib borishsin qamoqxonaga, deya tayinlab ketishgan», dedi mahkumning singlisi.

Dilobar Erkinzodaning «Eltuz»ga bildirishicha, muammoni huquqiy asosda hal qilish uchun ular Toshkentdan advokat yollashgan. Shved jamoatchiligi, jumladan, Xalqaro Amnistiya vakillariga xabar yetkazilgan.

Iskandar Xudoyberganov 2002 yili Jinoyat kodeksining 14 ta moddasi, jumladan, jinoiy uyushma tuzish, O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz, terrorchilik, qotillikda ayblangan. Ayblovga ko‘ra, u «O‘zbekiston islomiy harakati» (O‘IH)ga a'zo bo‘lgan.

Sudda ishtirok etgan «Hyuman rayts uotch» tashkiloti vakili Iskandar Xudoyberganovning tergovda kaltaklangani, elektr toki bilan qiynashgani, MXX hibsxonasiga o‘tkazishganidan so‘ng uxlashga qo‘yishmagani, «ignaga o‘tirg‘azishgani» haqidagi ko‘rgazmalarini qayd qilgan.

Dilobar Erkinzodaning o‘z akasini ozod etish uchun olib borgan kampaniyasi ko‘p jihatdan 2008 yili O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor etilishiga yordam bergan edi.

«O‘lim jazosiga qarshi moratoriya» natijasida Xudoyberganovga belgilangan qatl, uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirilgandi.

Yuzaga kelgan so‘nggi vaziyat bugungi kunda Shvetsiyadan siyosiy boshpana olib yashayotgan mahkumning ota onasi va yolg‘iz singlisini jiddiy tashvishga solmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 july 2017
Prezident Mirziyoevning 29 may kungi qarori bilan «O‘zbekenergo» 6 562 nafar elektromontyorni, «O‘ztransgaz» esa 4 255 nafar gaz tekshiruvchini ...
9 march 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
29 september 2025
Buxoro Davlat tibbiyot instituti 6-kurs talabalarining o‘qishini onlayn shaklga o‘tkazishni paysalga solmoqda. Bu kursda talabalar ishlab malakasini oshirishi kerak. ...
20 march 2023
16 martga belgilangan Rauf Parfi haykali taqdimoti 27 martga ko‘chirildi. Taqdimot shoirning 80 ëshga to‘lishi arafasida bo‘ladi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...