Asosiy mavzular
13 february 2019

Oliy sud quyi sudning jurnalistlar uyini tortib olish haqidagi qarorini kuchda qoldirdi

O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara qilish haqidagi sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asoslar mavjud emas, deb topdi.

Oliy sudning 2019 yil 1 fevral kuni chiqarilgan ajrimi

J.Tirkashev sud ajrimida jurnalistlarga qarashli uylarning davlat ro‘yxatiga olinmagani bois mulklarning davlat foydasiga musodara qilish qarorini qonuniy deb topgan.

Biroq jurnalistlarni himoya qilayotgan Toshkentdagi «Simay» advokatlik byurosi vakili 13 fevral kuni «Eltuz»ga Oliy sud ajrimi noqonuniy ekanini, mulkning davlat ro‘yxatiga olinmagani uni tortib olish uchun asos bo‘la olmasligini bildirdi.

«Bu, albatta, noto‘g‘ri ajrim. Biz bu yuzadan Oliy sud raisiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilamiz», dedi «Simay» advokatlik byurosi vakili «Eltuz»ga.

Urganch tumani sudi jurnalistlar Shuhrat, Qudrat va G‘ayrat Bobojonovlarning Urganch tumanidagi uylarini musodara qilish qarorini o‘z kuchida qoldirishi ortidan 2018 yilning 5 dekabr kuni jurnalistlarning advokati sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Oliy sudiga murojaat qilgan edi.

2018 yilning 27 dekabrida Urganch tumanlararo fuqarolik sudi sudyasi O‘tkir Masharipov jurnalist aka-uka Bobojonovlarning uyini musodara qilish borasidagi o‘zi chiqargan qarorni kuchida qoldirgan edi.

Sudya O‘tkir Masharipov o‘z qaroriga asos qilib sudga murojaat etishning barcha muddatlari o‘tkazib yuborilganini ro‘kach qilgan.

«Simay» advokatlik idorasi vakili shu bois birinchi instantsiya va kassatsiya tartibidagi sudlarni chetlab o‘tib, Oliy sudga nazorat tartibida murojaat qilgan edi.

Jurnalist Qudrat Bobojonning so‘zlariga ko‘ra, Oliy sudning bunday ajrimiga uning «Eltuz» nashrida bosilgan MXX va DXX rahbarlari kirdikorlariga oid turkum maqolalari va surishtiruv filmlari sabab bo‘lgan, ayni maqolalar sabab uning tarmoqdagi akkauntlari ochiq tahdid nishoniga aylandi.

«Ularning so‘nggisi «DXX inqirozi. Yangi rahbariyat eski nazoratini davom ettirmoqda» sarlavhasi ostida 2019 yilning 14 yanvarida bosilgan, oradan 15 kun o‘tib – 1 fevral kuni Oliy sudning ajrimi chiqarildi», deydi «Eltuz» muharriri Qudrat Bobojon.

Uning qo‘shimcha qilishicha, maqoladagi faktlar 8 fevralga kelib to‘liq tasdiqlandi. DXX raisi Ixtiyor Abdullaev ishdan olinib, unga jinoyat ishi ochildi. O‘nlab DXX zobitlari qamaldi.

11 fevral kuniga kelib, Ixtiër Abdullaevning o‘zi ham, «Eltuz» manbasiga ko‘ra, davlat to‘ntarishi qilishga urinishda gumonlanib qamoqqa olindi.

2018 yilning 22 noyabr kuni «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi ma'muriyati bu amalning jurnalistlardan o‘ch olinishi ekani haqida baënot bergandi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 december 2025
Amalsiz ilm — mevasiz daraxtga o‘xshaydi.
3 august 2023
Eltuzga obunachilardan biri Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning sobiq direktori Umida Tursunova o‘rtasida ...
10 april 2020
Kemaga chiqqanda yuzlarcha sayyoh,Bo‘lishar bitta jon, yagona tilak.To‘fonga duch kelib to‘zg‘isa nogoh,Ajal yaqinlashsa, jonlari bo‘lak. To‘lqinlar chiqargan sandiqda marjonQolib ...
12 january 2026
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siësiy arbobi, diplomat, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...