Asosiy mavzular
1 march 2019

RTdan va'z: Mehmon kutish odati haqida

Assalomu alaykum. Bugungi va'zni qo‘shiq bilan boshlasam.

Mard yigit mehmonga ko‘ksini ochib
nomardni mehmondan qochishin go‘ring…

Bu qo‘shiq matnini 18-asrda Qoraqum cho‘llarida yashagan shoir Mahtumquli ëzgan. O‘sha paytda har 400 kilometrda bitta o‘tov bo‘lgani bois, mehmonni uyga kiritmasangiz, cho‘lda bo‘riyu shoqolga yem bo‘lishi tayin edi. Mehmonxona degan narsayam yo‘q edi. Odamlarning A nuqtadan B nuqtaga shunchaki borishga vaqtiyam yo‘q edi. Endi 21-asrga, ya'ni bugungi kunga qaytsak.

Uyda o‘tiribsiz. Oldindan belgilagan rejalaringiz bor. Bu rejada mehmon kutish yo‘q. Ammo kimdir eshik taqillatib keladi. Uzoqroq qarindosh (sizga ë xotinga). Ëki tanish. Butun rejadagi ishlarni to‘xtatib, uni mehmon qilishga kirishasiz.

Ba'zan bu holat tabiiy ofatni eslatadi (sovutgich bo‘sh). Hamma to‘rt tomonga yugurib, kutilmagan mehmon dasturxoni uchun yegulik keltirishga evakuatsiya qilinadi. Mehmon ham o‘tiribdi imtihon oluvchi domla nazari bilan dasturxonga qarab. O‘tirasiz va mehmonning kelish sababi nimaligini bilmaysiz. U kishi o‘tirib Putinni maqtaydi.

Qimmatchilikni qarg‘ab, «Ittifoq paytida anaqa edi, bunaqa edi», deb aljiraydi. Keyin sizning qiëfangizdagi savol nazarini ko‘rib maqolu matal aytadi – «diydor g‘animat». «Bir xabar olay shu ukamdan dedim-da».

Suyuqdan keyin quyuq. Undan keyin qovun-tarvuz. Banan-kivi. Oxirida choy bilan tortni yegan mehmon ketay demaydi.

Siz ehtimoliy falokatni rejaga kirita boshlaysiz (deylik siz 3 xonali uyda yashaysiz). Mabodo bu odam uyda ëtib qoladigan bo‘lsa, kim qaerda uxlaydi va hokazo. Birdan mehmon muddaoga o‘tadi.

1-variant: Biznes qilaëtgan edim, dastmoyasiga 1000 dollar qarz bering, qaytarmasan onam xotinim bo‘lsin.

2-variant: Sizning nomingizga kredit olsam (mashina, uy va hokazo uchun).

3-variant: Kreditni o‘zim olaman, siz kafil bo‘ling (boshqa variantlar bo‘lsa ëzinglar).

Siz bir amallab rad etasiz. U to‘ng‘illab, ketish tadorigini ko‘radi. Taksi chaqirasiz ëki qo‘shni olib borib tashlab keladi bu chaqirilmagan mehmonni.

Ba'zan mehmon shunchaki parazit maqsad bilan kelgan bo‘ladi. Yeydi, ichadi, kekiradi, o‘siradi. Bemaza, siyqa gaplarni aytadi. Uzoq qarindosh bo‘lgani bois haqim bor, deb o‘ylaydi. Siz ham tishni tishga qo‘yib chidaysiz.

Bu mehmondorchilik ortidan millat uchun biror foydali narsa hosil bo‘lmaydi.

Vaqt, resurs ketadi. Uydagi bolalarning rejimi, tinchi buziladi.
Mehmon kutish va mehmonga borish bizni ortga tortadurg‘on illatlardan biri.

«Mehmon otangdan ulug‘» qabilidagi maqollarni chiqindixonaga tashlab yuboringlar.

Bu gapni rassomning tuzi, aqlning ko‘zi, deb bilavering.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 october 2016
Sobiq sho‘rolar davrida agrar soxani mexanizatsiyalash masalasiga ozmi-ko‘pmi e'tibor berilgani, mamlakatda katta miqdorda paxta terish kombaynlari ishlab chiqarilgani, paxta ...
5 june 2024
Instagramdagi videosi orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. Uch mingdan ziyod falloverlariga ega Rayxona ...
12 august 2017
Suronli 2015 yil, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar ham paxtaga olib chiqilgandi. Xademay tag‘in terim boshlanadi, ...
19 november 2019
Matbuot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar sohasi bo‘yicha tahlillar ruknimizning yangi soniga katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Zeroki, piar xatoliklar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...