Asosiy mavzular
5 june 2024

Toshkentni qamragan ksenofobiya ildizi

Instagramdagi videosi orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. Uch mingdan ziyod falloverlariga ega Rayxona niki ostidagi instabloger 2 iyun kuni qo‘ygan videosida videosida viloyatliklarni “isqirt”, “xaromi”, “xarip” deya haqorat qiladi. U keyinchalik bu gaplarini «jahl ustida gapirib yuborganini» aytib, uzr so‘radi.

Lekin yana bitta nyuans bor. Rayxon profili egasi go‘yoki «jaxl ustida» qo‘ygan chiqishi ortidan, uyiga qaytgach tag‘in instagramga kirib mayda mahalliychilik ko‘rinishidagi haqoratlarini davom ettiradi. Instagram`dagi profiliga go‘yoki Toshkent shahrini boshqa viloyatlik fuqarolar «bosib ketgani», ulardan «qochib yurgani»ni aytib videolar yuklashda davom etadi. Toshkent Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilganidan keyingina «uzr keltirilgan» videosini e'lon qiladi.

21 yoshli ayol sud majlisida tanishi bilan «Lokomotiv» bog‘iga, so‘ng Seoul (Mun) xarid markaziga borgani, ammo u erlarda odam ko‘p bo‘lganini aytgan. U shu sababli «ozgina kayfiyati buzilib, jahl ustida ortiqcha» gapirib yuborganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, kechirim so‘radi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda qizning otasi ekanini aytgan shaxs qizi xato qilganini bildirgan. «Misol uchun, uning onasi ham viloyatlik, qashqadaryolik. Men ham viloyatdanman. Qo‘qonlikman. Endi bu qiz yosh, mana shunaqa deb yuboraveradi», — degan uning otasi.

Yana bir paradoks toza Toshkentlik odam ajratmaydi degan kalimada shakllangan. Ya'ni muammo odamlar zehnidagi oliy kastaning yaratilishida. Tarmoqdagi ayrim faollar ham viloyatliklarni haqoratlagan qizning asl toshkentlik emasligi haqida yoza boshlashdi. Masalan, Instagram foydalanuvchisi Dilfuza Axmedova, Kadыsheva bozori yaqinida yashovchi asli qashqadaryolik qizning asli “hamma yoqni xarip bosib ketdi” degan gapidan hayron bo‘lgani, aslida vodiylik yigitga erga chiqqani haqida yozdi.

Bundan bir necha yil ilgari O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilov o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini aytib, maqtangani ovoza bo‘lgan edi. Butoq bormi Toshkentda degan edi taniqli artist. Buning ortidan o‘shanda Komilovning ham asl toshkentlik emasligini aytib tarmoqda sazoyi qilishgandi

Aslida e'tibor kimning qaerdanligiga emas, aynan mamlakatda ildiz otgan ksenofobiya, mahalliychilikning avj olishi sabablariga qaratilishi kera

«Ildizga nazar soling!» degan edi Kozma Prutkov tahallusi ostida 19 asrda yashab o‘tgan rus yozuvchisi.     

Bu illatlarning ildizi albatta mamlakat oliy raxbariyati tomonidan Toshkent shahrini viloyatliklardan izolyatsiya qilinib, Sitiga aylantirilishi va byudjetdan aynan poytaxt infratizilmalariga ko‘proq mablag‘ sarflanishi, ko‘proq imtiyoz berilishi bilan bog‘liq. Agar bunday notenglikka yo‘l qo‘yilmaganida edi viloyatliklar «xaromi» va «isqirt» maqomini olib boshqalardan ajralib turmagan bo‘lardi.

Har holda viloyatlik erkaklar shahar markazida uchragan go‘zal qizlarga shilqimlik qilmagan, buning evaziga tag‘in viloyatliklar sha'niga haqoratlar yomg‘iri yog‘dirilmagan bo‘lardi. Darvoq, ko‘chada begona ayollarga gap otuvchi erkaklar O‘zbekistonda umuman jazolanishmaydi.

Masalan, «er izlayapman» deb plakat ko‘targan samarqandlik  va «viloyatdan kelganlarni xarrip» deb haqorat qilgan qiz qamaldi. Lekin nega xalqaro tashkilot raxbari bo‘lgan ayolni yutubda «jalab» deb haqoratlagan, muqaddam sudlangan pogromchi Shuhrat Isanov jazosiz qoldi. Ya'ni O‘zbekistonning xalqaro imidjiga atay zarar bergan erkak mutlaqo jazosiz. Eltuz Toshkentda hakkalak otayotgan ksenofobiya va mahalliychilik muammolarini yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
24 august 2020
Belarusdagi namoyishlar ortidan prezident Aleksandr Lukashenkoning 23 avgust kuni avtomat va bronejiletda aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi. ...
25 january 2026
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosining boshi kesilgan jasadi topildi. Bu haqda mahalliy Sabah nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Istanbul ...
26 march 2016
«Diyonat» gazetasi tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish mavzuidagi maqolasida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan baliqlarga qiron keltirganlarning jinoyati fosh etilgani to‘g‘risida ...
5 june 2017
Eltuz nashri «Prezidentga maktublar» turkumi ostida Respublika prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat etayotgan shaxslarning xatlarini e'lon qiladi. Yil yakunida bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...