Asosiy mavzular
11 march 2019

Farg‘onalik 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il tug‘di

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 16-o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi 7 mart kuni chaqaloqli bo‘ldi.

Bu maktab tumandagi Karimbobo qishlog‘ida joylashgan.

-7 mart kuni shu gap tarqaldi, – dedi qizning qo‘shnilaridan biri. – Onasi uni avval qo‘shni Buvayda tumani kasalxonasiga olib borgan. Hamma ko‘richak bo‘lib qoldi, deb o‘ylabdi. Keyin tekshiruvlar natijasida qizning oy-kuni yaqinlashgani, u homilador ekanligi aniqlanibdi. 4 kiloyu 700 grammli o‘g‘il bola tug‘ilibdi. Hozirda qizni viloyat perinatal markaziga olib ketishibdi. O‘sha yerda tekshiruvlar o‘tkazilar ekan. Maktab arining uyasidek bo‘lib yotibdi.


Guvohlarning aytishicha, qiz to‘qqiz oy mobaynida maktabga qatnab yuravergan. Hech kim uning homiladorligini bilmagan. O‘zi semirishga moyilroq, pakanaroq qiz bo‘lgani uchun ota-onasi ham semirib ketdi, deb o‘ylashgan.


Chaqaloqning otasi sifatida qiz o‘zining sinfdoshini ko‘rsatmoqda. Ammo 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘il bola “bunday ish” qilmaganligini aytmoqda.

– Endi chaqaloq DNK tekshiruvidan o‘tkazilar ekan, – deydi yana bir qo‘shni, – o‘sha kuniyoq maktabga melisalar, xalq ta'limi bo‘limidan odamlar keldi. Maktab direktori yangi bo‘lgan edi, uniyam melisaxonaga, prokuraturaga, xalq ta'limi bo‘limiga chaqirtirishibdi.


“Qizning dadasi kasalligi uchun Samarqandga davolanishga ketgan ekan. U ham yetib kelibdi. Amakilari Rossiyada ishlarkan. Ular ham kelib “razbor” qilmoqchi. Qiziga yaxshi qaramagani uchun kelinoyilarini ajrashtirib yubormoqchi”, dedi qo‘shni.


Bag‘dod tumani voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi kotibi: “Bu ma'lumot bizga telefon orqali aytildi. Ammo hali yozma shaklda yetkazilmadi. Tartib bo‘yicha komissiyaga o‘sha muassasa rahbari, xalq ta'limi bo‘limi yozma ma'lumot berishi kerak. Hali bizga bu ma'lumot berilmadi. Men ham, o‘z navbatida, bu haqda tuman hokimiga yozma bildirish kiritaman, dedi “Eltuz” bilan suhbatda.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 december 2023
Eltuzning bir biridan mustaqil ikki manbasining ma'lum qilishicha, xalq orasida Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan taniqli tadbirkor Salim Abduvaliev Rossiya “jinoyat ...
5 april 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev 4 aprel kuni uy ...
18 may 2020
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni ëzg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil ...
27 december 2017
Prezident Mirziyoevning Oliy Majlisdagi tanqididan so‘ng Moliya vazirligidagi 500 dan ziyod xodim bo‘shatildi. «Moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...