Asosiy mavzular
21 march 2019

Ëqutistondagi masjid qavmiga bosim qilindi

Rossiyaning Yoqutiston respublikasida 36 yashar ayolning zo‘rlangani iddaolari ortidan markaziy osiyolik migrantlarga, jumladan o‘zbeklarga qarshi mitinglar, tahdidlar, to‘qnashuvlar avj oldi.

«O‘zbeklarga, qirg‘izlarga shunday mahalda bosimlar kuchayadi. Dushanba kuni o‘tgan mitingdan keyin ham shunday bo‘ldi. Tekshir-tekshirlar kuchaydi. Savdo nuqtalari yopib qo‘yildi», deydi Yakutsk shahrida meva savdosi bilan shug‘ullanuvchi Abdulaziz ismli o‘zbek muhojiri «Eltuz» muxbiriga.

U, shuningdek, mahalliy aholi vakillaridan tahdidli SMSlar ola boshlaganinini bildirdi.

«Bugun ish bilan uyga kelsam, Wattsappdan tag‘in xat tushayapti. Bugungisi «Haliyam qochmadingmi?» degan mazmunda. Undan oldingisi o‘zlarining tilida «Hali kech kirgani yo‘q. Kech kirsa bilinadi», deganga o‘xshash edi».

Mahalliy nashrlarning yozishicha, Yakutsk shahrida millatchilikka oid muammolar 36 yashar Oksana V. ismli mahalliy ayol 23 yashar qirg‘izistonlik yigit tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida politsiyaga ariza bergani ortidan kuchaygan.

Yoqutistondagi masjid imomi Abdurasul Tojixonov «Eltuz» muxbiriga masjidlarning politsiya qo‘rig‘ida ekanligi haqidagi xabarlar unchalik to‘g‘ri emasligini bildirdi.

Uning aytishicha, u imomlik qilayotgan masjidga hujum bo‘lmagan, biroq shahardagi masjidga 20 tacha bo‘lib ikki marta bostirib kirishgan, «voqeaga aloqador shaxslarni» topib berishni talab qilishgan.

17 mart kuni Yakutsk shahrida 200 nafar atrofidagi mahalliy aholi stixiyali namoyishga chiqdi.

18 mart kuni mamlakat rahbarlari ishtirokida Yakutsk shahrining «Triumf» sport majmuasida o‘tgan mitingda 5000 dan ortiq odam qatnashdi.

19 mart kuni Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi va diasporasi vakillaridan iborat delegatsiya Yoqutistonga borib, respublika rahbarlari bilan uchrashdi. Biroq O‘zbekiston rasmiylari Yoqutistondagi o‘z fuqarolariga qarshi kuchaygan milliy tahdidlarga hech bir tarzda munosabat bildirgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 march 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
9 june 2023
Rassom Tuz
21 october 2025
Azizlar yaxshi niyat bilan ëstiqday kitob chig‘orish uchun urinib ëtibman. Shu kitob ichiga kiradigan hikoyalardan birini bugun ëzdim. Bir ...
14 february 2025
Calom qadrli Eltuz muhlislari, bugun 13 fevral, men Qudrat Bobojon haliyam ta'tildaman. Eltuzning xavfsizlik masalalarini ta'minlash ishlari bilan shug‘ullanayapman. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...