Catira
3 may 2019

Kremlparast sayt O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy maqom so‘radi

O‘zbekistonda Moskva rasmiy nuqtai nazarini targ‘ib qiluvchi Vesti.uz sayti  30 aprel kuni 18 nafar madaniyat arbobi imzosi ostidagi rus tili maqomini ko‘tarish va rasman «millatlararo muloqot» tili sifatida e'tirof etish haqidagi murojaatni chop qildi.

Uni imzolaganlar orasida taniqli O‘zbekiston xalq artistlari  Farruh Zokirov, Bernora Qorieva va xalq rassomi Javlon Umarbekov ham bor. 

Murojaat mualliflari rus tiliga rasmiy til maqomi berilishi o‘ta muhim ahamiyatga egaligini bildirishgan.

«Rus tili maqomi masalasi – yechilishi lozim o‘ta dolzarb muammodirki, mamlakatimiz qonuniga zarur o‘zgarishlarni kiritib, iloji boricha tezroq uni umumdavlat maqomi darajasiga ko‘tarish lozim», deyiladi maktubda.

Ayni murojaat ijtimoiy mediadagi o‘zbek segmentini qo‘zg‘otdi. Aksariyat g‘azablanayotganlar rus tilining shusiz ham rasmiy maqomga egaligini bildirishmoqda.

«Aksincha, o‘zbek tili davlat himoyasiga muhtoj. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun amalda umuman ishlamaydi. O‘zbekistonda o‘zbek tili maqomi haqiqiy davlat tili maqomiga ko‘tarilmaguncha, O‘zbekiston Rossiya soyasidagi davlat bo‘lib qolaveradi. Bu strategik jihatdan mamlakat suvereniteti uchun xavf. Tilni himoya qilish millatchilik emas. Til – davlat ramzi, suverenitet ramzi. Uni albatta himoya qilish kerak!», deya izoh qoldirda feysbuk yuzerlaridan biri. 

O‘zbekiston hali Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan 1989 yilning 21 oktyabrida ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari ortidan  hukumat “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilgan va o‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 february 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
16 january 2026
1992 yilning 16 yanvarida Toshkentning Talabalar shaharchasida stixiyali namoyish Islom Karimov buyrug‘i bilan shafqatsiz bostirilgan edi. Shu kuni men ...
3 october 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) 1995 yilga kelib, ...
1 november 2025
Eltuz ixtiyoriga yetib kelgan yangi ma'lumotlarga ko‘ra, kecha, 31 oktyabr kuni tushdan keyin Bog‘ot tumani markazi ostin-ustun bo‘lib ketgan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...