• Videodan kadr
Asosiy mavzular
21 may 2019

Samarqandlik bog‘bon uylari nohaq buzilganidan arz qilmoqda

Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq hokimi nohaq buzib tashlatganidan shikoyat qilmoqda.

«Endi qurib bitkazib, yashamoqchi edik. Hokim yerni boshqa kishiga olib bermoqchi bo‘lgan. Avvaliga avtostoyanka quramiz deb bahona qilishgan edi. Endi esa u yerda kotlovan qazib tashlashgan», deydi Hotamov.

Uning «Eltuz»ga bergan suhbatidan ma'lum bo‘lishicha, bu mulklar Samarqand viloyatining o‘sha paytdagi sobiq hokimi Zoir Mirzaev davrida, Tayloq tumani sobiq hokimi Po‘lat Ahmedov buyrug‘i bilan 2014 yili buzib tashlangan.

«Mulklarimni uch marta kadastrdan o‘tkazgan edim. «O‘g‘lingni vahobiy deb qamatib yuboramiz», deb qo‘rqitishdi. Bir kunda ertalab soat 11.00 da uchastkani hokimlik tasarrufiga o‘tkazish haqida sud qarorini chiqarishdi. Hali bu qaror kuchga kirmay turib, ertasigayoq buzib tashlashdi. U yerda gulzorim, issiqxonalarim bor edi, farzandlarim, uchta oila shundan kun ko‘rayotgan edik», deydi Hotamov «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

U egalik huquqining nohaq buzilgani yuzasidan Prezident devoniga ham arz qilgan, biroq u yerda avval quyi sud mahkamasiga shikoyat qilishi lozimligini uqtirilgan.

«Sudga borsam, buning uchun boj ham to‘lashim kerakligini aytishdi. Ham uyimni buzisharkan, ham buning uchun pul ham to‘larkanman… Ha, endi foydasi yo‘q-da! Ular podsho-da endi, endi jallod ular, bilmayman endi nima qilishni», deya hasrat qiladi tayloqlik Norqul Hotamov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 may 2020
Tadbirkor Jasur Abdurahmonov 14 may kuni mahalliy nashrga bergan intervyusida, «Gulnora Karimovaning turmush qurish taklifini rad etganim sabab bosim ...
25 january 2016
Madaniyat va sport vazirligi e'lon qilgan O‘zbekiston xalq artistlari ro‘yhat bilan tanisharkan, ularni hukumat istalgan va istalmaganlarga ajratganini sezish ...
22 september 2016
Qishloq xo‘jaligidan yiroq turli kasbdagi odamlar, nafaqat o‘z oilasi va ishini tashlab dalaga chiqishi, balki bu haqda gapirmasliklari, shikoyat ...
12 august 2017
Suronli 2015 yil, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar ham paxtaga olib chiqilgandi. Xademay tag‘in terim boshlanadi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...