Asosiy mavzular
15 august 2019

Shvetsiyada teraktga aloqadorlikda gumon qilingan yana bir o‘zbek qo‘lga olindi

Shvetsiyaning Ostersund shahrida 14 avgust kuni odamlarni mashinasiga bostirib terror akti uyushtirishga uringanlikda gumon qilingan 32 yashar o‘zbek qo‘lga olindi.

Bu haqda xabar bergan «Aftonbladet» (Aftonbladet) nashriga ko‘ra, u o‘zining shaxsiy shirkatiga rasmiylashtirilgan «Volvo» avtomobilida ko‘chaning gavjum qismida odamlarni bostirishga harakat qilgan.

Ekot shved radiosi bu shaxsning o‘zbekistonlik ekanini ochiqladi. U endilikda qotillik rejasiga tayyorgarlikda ayblanib, politsiyaga topshirilgan.

Shved nashrlari, shuningdek, voqea guvohlari shubhali harakatlar qilayotgan haydovchi haqida xabar berishgani, politsiya mashina beton bordyurga borib urilganidan keyin bu shaxsni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgani, uning yonidan tergov versiyasiga aloqador dalillar chiqqanini yozmoqda.

«Eltuz» nashrining o‘z manbalari orqali o‘rganishicha, qo‘lga olingan shaxs Shvetsiyaning Yamtlend viloyati Foling (Föllinge) shahrida yashovchi 1983 yil tug‘ilgan Dilshod Usmonovdir.

Shved nashrlarining mamlakat xavfsizlik xizmati (SÄPO) dan iqtibos qilib bildirishlaricha, politsiyada Usmonovni terror aktiga aloqadorligini tasdiqlovchi jiddiy dalillar bor.

Biroq hozircha mazkur hodisa yuzasidan ish boshlagan shved politsiyasi va xavfsizlik xizmati tergovga va gumonlanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni ochiqlamayapti.

Shu yilning yanvarida shved sudi «Islomiy davlat» (IShID terror tashkiloti)ni moliyalash va teraktlar tayyorlashda ayblangan olti nafar o‘zbek – Akromjon Ergashev, G‘ulom Tojiev , Farhod Toshmuhammedov, Shoahmad Mahmudov, Baxtiyor Umarov, qirg‘izistonlik Otabek Abdullaev ustidan hukm chiqargan edi.

Ularning ikki nafari ayni Usmonov yashayotgan Shvetsiyaning Octersund shahridan ekanini «Eltuz» nashri ochiqlagandi.

Jumladan, o‘zbekistonliklar Stokgolm sudi qarori bilan «Islomiy davlat»ni moliyalash va Yevropa davlatlarida keng miqyosda terror aktlariga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanib, uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Shved nashrlarining xavfsizlik xizmatlaridan iqtibos keltirib bildirishicha, Usmonovning boshqa bir o‘zbekistonlik terrorchi Rahmat Oqilov bilan ham aloqalari bo‘lgan.

2017 yilning 7 aprel kuni Rahmat Oqilov yuk mashinasida Stokgolm markaziy ko‘chasi Drottninggatanda bir necha odamni bosib, terakt sodir etgan. To‘rt kishi, jumladan, 11 yashar qizaloq halok bo‘lgan, 15 odam jarohatlangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 february 2025
Ma'lumki joriy yilning 9 fevralidan boshlab men Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojonov ta'tilga chiqqan edim va buning sabablarini hech ...
28 september 2018
Andijon viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati shifokori A.ning «Eltuz»ga bildirishicha, bundan 5-6 kun oldin viloyat hokimligi vakili (A. ...
23 november 2025
Anavi Bezrukov degan arts go‘ristondi dirktri o‘richcha bilmadi degani ëmonam tegib ketibdi. Tez xapa bo‘ladigan o‘smir qizlar bo‘ladi. Darrov ...
16 may 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (10.05) mobil aloqa kompaniyalari «xizmatlarining milliy ma'naviyatimizga tahdidi» haqida bong urdi. Unda mobil aloqa operatorlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...