Asosiy mavzular
21 september 2020

O‘zbek TV AQSh kinosini “ma'naviyat” ramkasiga tiqib, aëllarni kamsitdi

Ayollar diskriminatsiyasi va gender tenglikka qarshi harakatlar avval masjidlarda, ichki ishlar xodimlari orasida (ayollarni yechintirib, to‘dalashib tomosha qilib videoga olishlar), keyin TV kanallarimizda allaqachon boshlanib bo‘lgan edi.

Ayollar qanday kiyinib, qanday o‘tirib, qanday gapirishi kerakligi-yu, sochini qaerigacha o‘stirib, qaerini berkitishgacha diniy ma'ruza-yu, disk va kitoblar shu darajada ko‘payib ketgan edi-ki, bundan odamning ko‘ngli ayniyotgan edi.

TV da esa taxminan bir yil oldin bir holatga e'tibor berdim. Chet el kino va seriallariga ovoz berilayotganda erkakka ayolni sensiratib, ayolga esa erkakni sizlatib ovoz berishyapti.

Kino AQShniki!!! Ayol va erkak shunchaki hamkasblar!!! Yosh bir xil!! Lekin ayol erkakka «aka» deb, sizlab murojaat qilyapti. Erkak esa uni sensirab gaplashyapti))). Va kinoning oxirigicha shu ahvol.

Boshqa kanallarda ham ayni shu holat, chet el kinosimi, o‘zimiznikimi, farqi yo‘q. Hammasida ayol erkakni sizlayapti, erkak molga o‘xshab ayolni sansirayapti (e'tibor bermaganlar, bir kuzating). «Munosabat» ko‘rsatuvi ham bunga bir misol.

Bu nima? Yangicha ma'naviyatmi? O‘zTVga bunaqa o‘ta ilg‘or g‘oyalarni kim beradi?

O‘zi yigiti yoki erini sizlash, uyam yetmagandek, uni «aka» deyishdek g‘alati odat faqat bitta bizda bor.

Qozoq, turkman, turklarda, hatto arablarda ham yo‘q bu odat (yosh o‘rtasida katta farq bo‘lsa ham).

Mayli, bizda nimadir bo‘lib, shu odat erkak va ayol munosabatlariga shartli omil bo‘lib kirib qolgan, lekin chet eldagi yo‘q narsani bizga bor qilib ko‘rsatishning nima keragi bor?

Erkak kishiga ishontirilyaptimi? Lekin oxirgi voqealar (Mustahkamni himoya qilish) ayollar uchun ko‘proq ayollar kurashayotganini ko‘rsatdi.

Erkaklarni doim hurmat qilish va ularga doim itoatda bo‘lish kerakligi uqtirilmoqdami?

Lekin natija teskari.

Yoki gender tenglik kimlargadir juda-juda yoqmayaptimi?

Yuritilayotgan siyosatga zid, tushunarsiz va bachkana holat va u avj olyapti.

Nodira Musa Ismoil

Bloger

Tag‘in o‘qing
17 december 2018
O‘zbekistonda 2017 yilda 13 foiz kishi o‘z ixtiyoriga qarshi ravishda paxta terimiga jalb qilingan bo‘lsa, 2018 yilda bor-yo‘g‘i 7 ...
12 february 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
18 may 2017
17 may kuni ijtimoiy tarmoqda odamlarni vahimaga soluvchi video paydo bo‘ldi. Yo‘l-yo‘lakay mashina oynasidan olingan tasvirda, militsiya kiyimidagi shaxs ...
6 december 2017
4 dekabr kuni Shvetsiyaning Stokholm shahrida O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov o‘zbek migrantlari bilan uchrashdi. Konsulning gapidan O‘zbekiston hukumatining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...