Asosiy mavzular
6 october 2020

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentni “ontarish” boshlandi

6 oktyabr tongida Qirg‘izistondagi parlament saylovi natijalaridan norozi qo‘zg‘olonchilar davlat hokimiyati boshqaruv markazi bo‘lgan Oq uyni egallashdi.

Ijtimoiy mediada tarqalgan suratlarda namoyishchilar binoning prezident idorasi joylashgan 7-qavatida xonadan xonaga yurayotgani aks etgan.

Suratlardan birida namoyishchilar prezident Jeenbekovning devordagi suratini olib, otib yuborgani tasvirlangan.

Qirg‘izistonning qamoqda qolaëtgan sobiq prezidenti Atamboev qo‘zg‘olonchilar tarafidan ozod qilindi. Uni qo‘zg‘olonchilar bilan bir safda yuraëtganini «Eltuz» muxbiri ko‘rdi.

“Butun Qirg‘iziston” partiyasi vakili Omurbek Suvonaliev hozir shu minutda (6.10.2020) Qirg‘izistonda «legitim ho‘ko‘mat menman» deb aytdi.

Uning «Ozodlik» radiosiga bildirishicha, “amaldagi prezident qochib ketgan”. Ammo 6 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov mamlakatda sodir bo‘lgan tartibsizliklar haqida noma'lum joydan turib videobayonot berdi.

Ag‘darilgani aytilaëtgan prezident “siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga urinishdi”, deya tashvish bildirdi.

Qirg‘iz qo‘zg‘olonchilari prezident Sooronboy Jeenbekov adminstratsiyasi va parlament joylashgan binoga o‘t qo‘ygani haqida ham xabarlar keldi.

«Eltuz» muxbiri prezident adminstratsiyasi joylashgan 7-qavat oynalaridan qora tutun chiqaëtganini ko‘rdi.

Qo‘zg‘olonchilarni tamsil qilgan Jooshbek Koenaliev o‘zini Bishkek hokimi deb e'lon qildi. El saylagan mer shaharni nazoratga olishga va'da berdi.

Oldingi to‘ntarishlar vaqtida Bishkekdagi do‘konlarni talonchilar talon-taroj qilgan edi. Bu safar bunday taloshlar boshlangani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Qirg‘izistonning asosan o‘zbeklar yashaydigan janubida ham siësiy taranglik kuzatildi. O‘sh hokimi Sariboshevni qo‘zg‘olonchilar haydab yuborgani aytildi. Shuningdek, O‘sh shahri kengashi raisi Japar O‘rmonov qo‘zg‘olonchilar tomonidan do‘pposlandi.

O‘zbekiston hukumati 6 oktyabr kunining birinchi yarmidagi holatda Qirg‘izistondagi voqealarga munosabat bildirmadi. O‘zbek blogerlarining munosabati esa turlicha bo‘ldi.

Izzatilla Rahmatillaev: «Qirg‘izlar tabiatan erksevar, ozod, nohaklikka chidamisiz xalq. Ular nohaqlik bo‘lgan joyda o‘zini o‘zi o‘t qo‘yib yondirmaydi, zolimning zulmiga qarshi kurashadi va zolimning o‘zini yoqadigan botir xalq».

Aleksey Volosevich: «Kirgizы krutы. V schitannыe chasы sovershili tretyu revolyutsiyu. Respekt…

Xurshid Inomjonov: «Qirg‘izistonda hokimiyat qiltillab, zo‘rg‘a turgan ekan, ag‘anab ketdi. Afsuski, ag‘natganlar kechagi sharlatanlar. Inqilobchilarning asosiy o‘zagi ashaddiy millatchilar, o‘zbeklar va O‘zbekistonga qarshi kayfiyatdagi siyosatchilar hamda ularning muridlari. Qo‘llaridan baqir-chaqir va provokatsiyadan boshqa ish kelmaydi. Mintaqada xavfsizlik izdan chiqib ketmasligi va ayniqsa etnik ozchilik xavfsizligi fojeali tarzda buzilmasligi uchun O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlarini jangovar shay holatga keltirib turishi kerak. Har narsa bo‘lishi mumkin. Bir-biriga kulib qarash va ishshayish bilan tashqi siyosat yurgizilmaydi. To‘polonchi qo‘shniga hozirgacha qilingan yaxshiliklar inqilobchilar uchun bir tiyin. Qadriga yetishmaydi, munosib baholashmaydi. Faqatgina muqarrar harbiy kuch ularni provokatsiyalardan tiyib turishi mumkin».

Mirza Anvar Hamidov: «Inqilob ham xalq madaniyati darajasiga bog‘liq. O‘t qo‘yish, bir-birini o‘ldirish, buzish, yanchish…bu qoloq xalqlarning uslubi. Belaruslarga o‘xshab mijg‘ovlanish, ko‘chalarda mitingbozlikdan naryog‘iga o‘tolmaslik ham xalq tafakkurining «tormoz»ligidan dalolat!»

«Eltuz» muxbirlari Qirg‘izistondagi voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2024
Rossiyada portlatilgan harbiy ombor. Nigeriyada isyon. Pokistonda hudkush hujumi, Hindistonda tezak jangi. Xotinini ketmon bilan chopib o‘ldirgan o‘zbek va ...
21 april 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot pasha viz-viziga o‘xshash shovqinlari ...
13 april 2020
13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno ...
3 march 2017
Surxondaryoda kunduzi bolalar jismoniy jazolanadigan, tunda esa fohishaxonaga aylanadigan to‘rtta bog‘chadagi vaziyat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqni larzaga soldi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...