Asosiy mavzular
19 august 2021

Nazarboev o‘zining qo‘g‘irchoq “Yovvoyi”sini qo‘yib yubordi

Erdo‘g‘on hukumati qozog‘istonlik “Dikiy” (“Yovvoyi”) laqabli kriminal avtoritet Arman Jumageldievni hibsga olishni so‘radi, biroq Nazarboev hukumati o‘zining cho‘ntak “o‘g‘ri”sini avval hibsga olib, so‘ngra tezda qo‘yib yubordi.

Arman “Dikiy”ni Turkiya hukumatining so‘rovnomasiga hisbga olish amaliyoti shu iyul oyining o‘rtasida Nursulton shahrida amalga oshirildi. Qozog‘iston poytaxtidagi nufuzli restoranlarida dam olayotgan Arman “Dikiy” va uning sheriklari mamlakat politsiyasi tomonidan hibsga olingan.

Biroq oradan ikki-uch kun o‘tgach, Nursulton shahri politsiya departamenti: “Arman Jumageldiev va yana 6 nafar fuqaro politsiya idorasiga profilaktik suhbat uchun olib kelindi hamda tegishli suhbatdan so‘ng qo‘yib yuborildi”, degan mazmundagi rasmiy bayonot berdi.

Qozog‘iston poytaxti politsiya departamentining bu bayonotida Arman “Dikiy” va uning sheriklari nima sababdan “profilaktik” suhbatga olib ketilgani aytilmagan. Politsiya idorasining rasmiy xabarida: “Nega profilaktik suhbatga aynan “Dikiy“ va uning sheriklari olib ketildi?” degan savolga ham javob yo‘q.

Lekin Rossiya va Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Arman “Dikiy” va uning sheriklari Turkiya hukumatining talabnomasi asosida hibsga olingan. Rus va turk matbuotining aytishicha, rasmiy Anqara rasmiy Nursultondan Arman Jumageldievni so‘rashiga iyul oyida Istanbulda sodir etilgan shov-shuvli jinoyat sabab bo‘lgan.

Qozog‘istonlik kriminal avtoritet Arman Jumageldiev Istanbulda rossiyalik yirik tadbirkor, Naberejniy Chelnidagi “Gaffarov i partnerы” jamg‘armasi asoschisi Erik Gafarovni uch kun mobaynida qiynoqqa solgan hamda o‘ljasining 700 ming dollar pulini tortib olgan.

Bu haqda Erik Gaffarovning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda videochiqish qilib, Arman Jumageldiev uni aldov yo‘li bilan chaqirib olib, keyin odamlari bilan kishanlagani, qiynagani va 700 ming dollar pul talab qilganini aytdi.

“Arman “Dikiy” va uning odamlari uch kun mobaynida mening badanimga qizdirilgan dazmol bosib, aytilgan summani topib berishimni talab qilishdi. Shunda ham pul berishdan bosh tortganim edim, “Dikiy” mening bir barmog‘imni kesib oldi. Oxiri bu qiynoqlarga chiday olmay, talab qilgan pullarini berib qutuldim”, deydi o‘z videochiqishida Erik Gafarov.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Erik Gafarov kesib olingan barmog‘ining va dazmol bilan kuydirilgan badanining fotosuratlarini ham qo‘ydi.

Uch kunlik zindondan va dahshatli qiynoqlardan qutulgach, Erik Gafarov Istanbul shahri politsiyasiga murojaat qilgan. Turk politsiyasi Arman Jumageldievning ba'zi sheriklarini qo‘lga olgan, lekin to‘daboshining o‘zini ushlay olmagan.

Chunki Arman “Dikiy” zudlik bilan Turkiyadan chiqib ketishga erishgan.

Shundan so‘ng rasmiy Anqara rasmiy Nursultonga Arman Jumageldievni hibsga olish bo‘yicha xalqaro talabnoma jo‘natgan.

Biroq Qozog‘iston hukumati o‘zining qo‘g‘irchoq “o‘g‘ri”sini nomiga hibsga olib, keyin qo‘yib yuborgan.

Nega qozoq hukumati turk hukumatining so‘rovnomasini o‘rinlatmadi?

“Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning aytishicha, Arman Jumageldiev Qozog‘iston maxsus xizmatlarining yugurdagi bo‘lib, o‘z vaqtida ularning ancha-muncha jinoiy “iltimos”larini bajarib qo‘ygan.

“Dikiy”ning qozoq MXQsiga o‘tkazib qo‘ygan joylari bor. O‘z vaqtida maxsus xizmatlarning topshirig‘i bo‘yicha Arman hukumat chizgan chiziqda yurishni istamagan ko‘plab tadbirkorlarning mulkini davlat amaldorlariga olib bergan va hattoki qozoq muxolifatchilarning popugini pasaytirib bergan”, deydi jinoyat olamiga yaqin manbalardan biri.

Uning aytishicha, Arman Jumageldievning ko‘zir nomerlaridan biri o‘z o‘ljasini kechki ovqatga yoki do‘stona suhbatga chaqirib, keyin kishanlab, qiynoqqa solishdir.

“Xuddi shu yo‘l bilan “Dikiy” 2019 yil noyabr oyida Istanbulda o‘zbekistonlik avtoritet Ravshan “Zolotoy”ni (Ravshan Muhiddinovni – “Eltuz”) suhbatga chaqirib, keyin kishanlagan va qiynoqqa solgan”, deydi “Eltuz” manbasi.

Sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlarning diktator rahbarlari, ayniqsa, Markaziy Osiyo respublikalari zolimlari zulmda shu qadar haddidan oshganlarki, ular hattoki jinoyat olamida ham o‘z favoritlariga, ya'ni yoqimtoy va yaqin odamlariga ega.

Shunday zolimlardan biri Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev bo‘lib, uning kriminal doiralardagi yoqimtoyi “Dikiy” (“Yevvoyi”) laqabli Arman Jumagaldievdir.

Boks bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan chimkentlik Arman “Dikiy” jinoyat olamiga 2003 yilning oxirida kirib kelgan. O‘shanda u sheriklari bilan ikki yigitga o‘q uzib, yarador qilgan. 2005 yilda esa “Yovvoyi” laqabli Arman Jumageldiev sheriklari bilan Chimkentdagi “Turist” mehmonxonasiga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni talashgan.

Ana shu bosqinchilikdan so‘ng Arman “Dikiy” ilk marta shartli ravishda jazolangan. Aynan mana shu voqeadan keyin u diktator Nursulton Nazarboevning rejimiga xizmat qila boshlagan.

Zolim rejim tomonidan qozoq maxsus xizmatlariga biriktirib qo‘yilgan Arman Jumagaldiev hukumatning chizig‘ida yurishni istamagan tadbirkorlarga bosim o‘tkazishni, ularni talashni boshlagan. Xususan, 2008 yilda u qozog‘istonlik “pivo qiroli”, “Chimkent-Pivo” korxonasining rahbari To‘xtar To‘lashevni talagan.

Bundan tashqari, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining topshirig‘i bo‘yicha Arman Jumagaldiev Nazarboevga muxolif kishilarni, shu jumladan, jurnalistlarni qo‘rqitish, badnom qilish va o‘ldirish ishlarida ham faol qatnashgan.

Masalan, 2005 yilgi prezident saylovidan oldin Arman “Dikiy” o‘zining jinoiy sheriklari bilan muxolif nomzod Jarmaxon Tuyoqboy uyushtirgan bir necha tadbirni buzgan, muxolifatchilarni kaltaklab, hattoki tushlik payti o‘tirgan restoranlaridan ham haydab chiqarishgan.

Bunday iltifotning evaziga Nazarboev hukumati va maxsus xizmatlari Arman Jumageldievning qolgan jinoyatlariga ko‘z yumishgan va hattoki bir necha xalqaro jazodan ham qutqarishgan.

Qo‘g‘irchoq “o‘g‘ri” Arman Jumageldievning shu yil iyul oyida Nazarboev hukumati tomonidan Erdo‘g‘on hukumatining rasmiy so‘rovnomasidan qutqarib qolinishi qozoq hukumatining o‘zining marionetka “Yovvoyi”siga ko‘rsatgan navbatdagi iltifotidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 january 2026
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosining boshi kesilgan jasadi topildi. Bu haqda mahalliy Sabah nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Istanbul ...
20 november 2015
Paxta kampaniyasini yuritaëtgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamaëtgani borasida o‘z havotirini bildirdi. Hususan Jahon ...
25 march 2017
Dollar narxi oshishi bilan ayniqca kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.
9 march 2017
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda go‘sht narxi osmon bo‘lib ketdi. Hukumat ham buni ko‘rib, muammoni yechish harakatiga tushib qoldi. Bozorlarda sotiladigan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...