Video
26 january 2018

MXX raisi Inoyatov Dubayda $12 millionga uy oldimi?

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni Open Source Investigations (OSI) jurnalistlari 22 yanvar kuni ochiqladi.

Bu Yaqin Sharq va dunyodagi eng yirik erkin savdo zonasi portidan uncha uzoq bo‘lmagan, ëllanma ishchilar uchun mo‘ljallangan besh qavatli binodir.

Keyingi ikki oy ichida OSI Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan Rossiya va Avstriyadagi mol-mulk hamda shirkatlar ro‘yxatini ochiqladi.

OSI ta'kidicha, «Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan mol-mulklar ro‘yxatiga endilikda Dubaydagi 12 million AQSh dollari turadigan inshoot ham tirkalgan».

«Eltuz» o‘zbek mulozimlarining noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan chetga olib chiqib ketgan boyliklari haqidagi mavzuni ëritishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 september 2024
Qashqadarëdagi maktab direktorining qonunga zid qilmishlari va chek-chegarasi yo‘q o‘zboshimchaligi haqida matbuotga xabar yetkazgani ortidan ayni direktor arizasiga asosan ...
13 december 2021
Qashqadarë viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
18 april 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga borganida Bulung‘ur va Nurobod tumanlari hokimlari, tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari ...
7 december 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...