Asosiy mavzular
13 november 2022

Asarlari millionga sotiladigan Benksi Ukrainada rasm chizdi

Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay borib devorga rasm chizib ketdi. Britaniya ko‘cha rassomligi yulduzi o‘zining bu grafiti asari bilan jafokash ukrainlarni qo‘llashini bildirdi. Benksi Borodyanka ko‘chasida chizgan suratini Instagramdagi rasmiy sahifasiga joylashtirdi.

Asar haqida

Britaniyalik rassom Benksi urush oqibatida vayron bo‘lgan uyning devorida u xarobalarga suyangandek, qo‘llarida teskari turgan gimnastikachi qizni chizdi. Rassom bu asarni rus bosqinchilari hujumidan portlagan beton va armatura orasida tasvirladi.

Benksining Instagram sahifasida bu rasm qisqacha imzoladi:»Borodyanka, Ukraina».

Benksi ham xuddi Rassom Tuz kabi kimligini oshkor qilmaydi. Eltuzda Benksining Ukrainaga kelganligi haqida isbotlar bor. Bir xafta oldin Kievdagi Mustaqillik maydonidagi beton bloklarda Benksi chizgan graffiti asar paydo bo‘lgani edi. Asarda ikki bola, xuddi tankdan mudofaa qiladigan metall kirpi ustida tebranayotgandek turibdi. Surat Benksining muxlislar sahifasi tomonidan nashr etilgan edi.

Benksining Instagram muxlislari sahifasida Ukraina haqidagi birinchi xabar.

O‘zbekistondagi aksari o‘riqsul bo‘lgan rassom va ashulachi ministrlardan farqli dunëdagi barcha taniqli rassomlar Ukrainani qo‘llab quvvatlamoqda. Shu o‘rinda taniqli o‘zbek rassomi Vyacheslav Oxunov ham Ukrainani qo‘llab Kievda ko‘rgazma o‘tkazganini aytish joiz. Rassomlar o‘z veb sahifalari ustiga «Bu rassom Ukraina tarafida» degan ëzuv ëzib ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan. Shulardan biri¸ balki eng mashxuri Benksidir.

Benksi urushda yaralangan Ukraina bolalariga yordam berish uchun o‘z asarlaridan tushgan katta mablag‘ni ko‘mak sifatida berdi.

Benksi (Banksy) Bristol va London ko‘chalarida chizgan stencil graffiti bois mashhur bo‘ldi. Benksi Britaniyalik ko‘cha rassomining taxallusidir. Uning asl ismini kam odam biladi.

O‘tkan yili rassomning “Shar tutgan qiz“ deb nomlangan asari 1,04 million funtga sotilgan edi.

O‘zini Benksi, deb atovchi sirli rassom Angliyaning Bristol shahrida yashaydi. U bugungi kungacha o‘z shaxsini ochiqlamay kelaayotir.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
27 august 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari 4 sentyabr kuni O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraga pora berishgani ...
8 august 2022
O‘zbekiston va Markaziy Osiëda tanilgan 44 yashar pop qo‘shiqchi va siësiy faol Jahongir Otajonovning Turkiyadagi shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi. ...
15 may 2017
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sayti, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish ...
22 august 2022
Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Rassom Tuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...