Asosiy mavzular
31 july 2024

Bizdan Jiz: Shvetsiyalik o‘zbeklarning Abror Aliyga javobi

Shvetsiyadagi ulfatlar taklifi bilan yakshanba kungi shashlikxo‘rlik o‘z o‘zidan siyosiy mavzuga ko‘chdi. Va men mezbonlar izni bilan suxbatni Eltuz kanali muxlislari bilan baham ko‘rish uchun videoga olishga kirishdim.

Mavzuga O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi oldidagi norozilik piketi va bu haqda o‘zbekistonlik diniy mutaassib Abror Muxtor Aliyning shved hukumati va o‘zbek muxojirlari sha'niga yog‘dirgan haqoratli gaplari sabab bo‘ldi. 

Shvetsiyadagi diniy faollar O‘zbekistonda turmada qolayotgan 22 nafar mahkum ozodligini talab qilib o‘tgan hafta O‘zbekistonning Stokgolmdagi elchixonasi oldida norozilik piketi uyushtirishgan. Abror Muxtor Aliy bunga munosabat bildirib:

«Musulmonlarning Shvetsiya kabi kofirlar davlatidan yordam so‘rashga haqqi yo‘q!» degan edi. Xolbuki shvetsiyadagi norozi o‘zbeklar O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilishgan. Suhbatdoshlarim Muxtor Aliy iddaolaridagi shu va boshqa ziddiyatlarga e'tibor qaratishdi.   

Shashlik atrofidagi suxbat asnosida Shvetsiyadagi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov siyosiy kulinariyaga asoslangan «Bizdan jiz» ko‘rsatuvini  kengaytirilgan shaklda davom ettirishni taklif qildi.   

Shvetsiyaning serquyosh, bag‘ri keng osmoni haqida gapimiz tugamay yomg‘ir quyib berdi. Shu paytgacha yig‘ib qo‘yilgan soyabonni yoyishga to‘g‘ri keldi.

Shashlikka ancha to‘yib qoldik. Ammo gapimiz tushamadi. Agar shunday suhbatlar Eltuz muxlislariga yoqsa va Shvetsiyalik ulfatlarimda ularning fikrini qog‘ozga o‘ramay uzatishga e'tiroz bo‘lmasa bunday ko‘rsatuvlarni kelgusida davom ettirishimni aytib xayrlashdim.  Videolavhamiz bilan tanishing.  

Qudrat Bobojon,

Eltuz muharriri

Tag‘in o‘qing
7 january 2020
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan ...
20 january 2017
O‘zbekiston Prezidentining 2017−2021 yil strategiyasiga oid farmoniga ko‘ra, ichki va xorijga chiqish pasportlarini joriy qilish va xorijga chiqish uchun ...
22 june 2020
1989 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklarining uylari vayron ...
14 april 2018
Chex kinorejissyori Milosh Forman 87 yoshida 2018 yilning 14 aprelida hayotdan ko‘z yumdi. O‘tgan asrning 60-yillarda o‘z ijodi bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...