Asosiy mavzular
10 november 2024

Afg‘ondagi Bobur, Navoiy va Beruniy qabri

Biz o‘zimizga meros deb bilganimiz Temur saltanati bugungi O‘zbekiston teritoriyasidan anchayin katta. 

Yarim dunëning yarmisi qadar katta. 

«Bobur Xindistonni ishg‘ol qildi» degan so‘zda bir yanglish bor. 

Bobur o‘z bobosi Amir Temur qo‘lga kiritgan xududni qayta nazoratga olib podshoxlik qildi. 

Bobur changalzorlar ichidagi roja diktatorchalardan tarkib topgan bu tarqoq o‘lkani yagona davlat darajasiga ko‘tardi. 

Lekin Bobur o‘z qabri Xindistonda bo‘lishini istamadi. Vasiyatga ko‘ra¸ Kobulda dafn qilindi. 

Tole' yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki, ayladim — xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?!

Bugungi Afg‘oniston yerida  ulug‘ o‘zbek  olimi Beruniy ¸buyuk o‘zbek shoiri Navoiy va ulug‘ jaxongir shoir Bobur qabri bor.

Bu qabrlarni obod qilish¸  azizlarimizni eslash va  ularning bizga oid ekanligini iqtidorlarga eslatish O‘zbekiston uchun milliy vazifa.

Bu vazifani biz ikkichi o‘quvchi kabi keyingi 30 yil ichida yaxshi ado qila olmadik.

Afg‘on yeridagi oxiri ko‘rinmagan urush va diniy nizolar halaqit berdi.

Ammo imkon bor. 

O‘zbekiston prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umrzoqovning Kobuldagi Bobur qabrini ziërat qilgani shoën olqishga loyiq.

Tashrif aynan qaysi kun bo‘lgani haqida bilgim yo‘q. Videoni jurnalist singlim Anora Sodikovadan oldim. Bilganim shuki bu tashrif Mirziëev davrida yuz berdi. Karimov davri mulozimlarining Bobur qabri ustida tilovat qilishga jasorati yetmas edi.

Yaxshi kishi yomonlig‘ ko‘rmagay hargiz,

Har kimki yomon bo‘lsa jazo topqusidur…

Tag‘in o‘qing
11 may 2020
1994 yildan beri surgunda yashaëtgan muxolifat lideri Muhammad Solih 10 may kuni o‘zining feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti iste'fosini talab ...
24 june 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Hafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib o‘z ...
28 march 2019
AQSh Mehnat departamenti o‘zbek paxtasini sotib olinmasligi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu AQSh o‘zbek paxtasini yetishtirishda bolalar mehnati ...
4 august 2019
Prezident Mirziyoev 2 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uylarni buzish ishlari bilan norozilik keltirib chiqargan hokimlarni uning siyosatiga xiyonat qilishda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...