Asosiy mavzular
18 april 2025

Turkiyada odam savdosining navbatdagi qurboni qutqarildi

Doimiy ogohlantirishlarga qaramay, ayrim yurtdoshlarimizning begona va ishonchsiz shaxslarning va'dalariga ishonib, Turkiyada murakkab va xavfli vaziyatlarga tushib qolishi davom etmoqda.

2025-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa o‘rnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yo‘lga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi bo‘lib ishlash taklif etilgan.

Biroq Istanbulga yetib kelgach, N.A. uni Shanliurfa shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.

Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan  mazkur holat bo‘yicha ma'lumot kelib tushdi. Vakolatxona tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimizning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va O‘zbekistonga qaytarilishi ta'minlandi.

Tag‘in o‘qing
15 august 2019
Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan ...
6 december 2017
Prezident Mirziyoevning 4 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, xorijiy sayyohlar uchun oldingi 7-15 kunlik qisqa viza muddati 30 kunlik qilib belgilandi. ...
29 june 2025
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fermerlariga ko‘ra, hokim va tuman IIB rahbariyati ularga qattiq bosim o‘tkazmoqda. Har kuni yig‘ilishlar tashkil ...
7 may 2019
O‘zbek tiliga kirib kelgan yana bir duragay so‘z ijtimoiy tarmoq yuzerlari tanqidiga nishon bo‘ldi. Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan oddiy chinni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...