Asosiy mavzular
27 october 2025

Dang‘araning IIB boshlig‘i xodimlarga jinoyatchi topish kunlik rejasini belgilab bermoqda

Dang‘ara IIB boshlig‘i lavozimga tayinlanganiga endigina bir oy bo‘lgan Bozorboev Jahongir Hayotjonovich kunlik jinoyat me'yorlarini belgilab bermoqda. Bu haqida Eltuzga ichki ishlar xodimlari xabar berdi.

«Har kuni ma'muriy bayonnoma tuzishimiz, mayda bezorilik qilganlarni aniqlashimiz kerak. Jinoyatchi topolmasak jamoat joyida ichib o‘tirgan piyonistalarni tutishimiz shart» – deydi xodimlar.

Dang‘ara tuman ichki ishlar xodimlarining ta'kidlashicha, boshliq Jahongir Bozorboev har kuni fuqarolardan 500 ming so‘m miqdorida jarima undirishni talab qiladi. Ichki ishlar xodimining vakolati bormi, yo‘qmi, jarima qonuniymi – boshliqni bu masalalar mutlaqo qiziqtirmaydi.

«Haftada bir kun ham dam berilmaydi. Yangi boshliq rahbariyat ko‘z o‘ngida ochko ishlamoqchi, biz esa shu ochkoparastlik qurboni bo‘lyapmiz. Tezkor xodimlar va idorada xizmat qiladigan xodimlar profilaktika inspektorlarining natijasi yaxshi bo‘lsa (jinoyat va jarima rejasi to‘liq bajarilsa), keyin dam oladi».

Dang‘ara tumani Ichki ishlar boshqarmasi haqida shikoyatlar soni ortgach, Farg‘ona viloyati ShXB boshqarmasi boshlig‘i Shomurodov xam vaziyat yaxshi emasligini bilib, tuman IIBga keldi.

«Shomurodov majlis yakunida xodimlarga haftada bir marta dam berishni buyurdi. Lekin bu buyruq gapligicha qolib ketdi».

Eltuzga taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Jahongir Bozorboevning bir oylik boshqaruvi davrida 3 profilaktika inspektori iste'foga chiqqan, yana besh xodim nafaqa bahonasida tizimni tark etgan. Bosim va mantiqsiz topshiriqlardan bezgan xodimlar ish tashlash arafasida. 

Aziz Anvarovich, Dang‘ara IIB boshlig‘i faoliyatini shaxsan nazoratga olasizmi?

Tag‘in o‘qing
27 november 2025
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati ta'siri ostidagi O‘zbekistonning bugungi hukumati Turkiston muxtoriyati tuzilgan sanani atay unutishga intilib keladi va bu sana ...
12 september 2025
Hali sentyabr tugamadi. O‘qituvchi asabiy, direktor tajang. Mo‘ltirab turgan o‘quvchilarga achinasan kishi. Jamiyat kasal, ruhiy bezovta. Katta ehtimol bilan ...
21 june 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni prezident Mirziyoevning Andirjon 17-18 ...
13 april 2025
..AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) ma'lumotlariga ko‘ra, 975 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni olgan, lekin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...