Maktabni ta'mirlagan tadbirkor jazolandi
Bundan 4 yil muqaddam Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman hokimi Ayzabodlik Xolmirzaev Mirzaqul otani yoniga chaqiradi.
Va 20 yildan buyon xarobaga aylanib yotgan eski maktab binosini tamirlab bolalar bog‘chasi ochishini…
Mahalla bolalari uzoq masofalardagi bog‘chalarda sarson-sargardonligini qolaversa hokim tadbirkor bu ishni udallashiga ishonishini aytadi.
Asli kasbi shafyorlik bo‘lgan Mirzaqul ota.
O‘z mahalasidagi yigirma yillik tashlandiq hatto tabir joiz bo‘lsa odamlar axlat tashlab ketadigan ahlatxonaga aylangan binoni bugungi holatga keltirish uchun…
Nafaqat o‘zining shafyorligi orqasidan ortirgan mol-holini balki to‘rt ug‘lining yiqqan terganini hatto minib yurgan moshinalarini ham sotib davlatdan bir tiyin olmay bir yil davomida bog‘chani qurib bitkazadi.
Bir yillik qurulishdan keyin tanish bilishlardan qarz olgan tadbirkor yuz dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan. bog‘chani ochib shu qishloqlik o‘n beshta insonni ish bilan taminlab
Sekin-sekin qarzlarimni uzaman deb umid qilgan chog‘ida.
Tadbirkorga Xalq talimi mudiri telefon qilib bu binoni bo‘shatib qo‘yishi kerakligini aytadi.
Qarabsizki…Bir inson bor budini tikib qarzga botib bir kunda hech vaqosiz qoladi
Shundan keyin xalq talimi mudiri tadbirkor Xolmirzaev Mirzaqul boboni sudga beradi.
Hamma hujjatlari to‘g‘ri bo‘lishiga qaramasdan tadbirkor negadir sudda yutqizadi.
Ikki uch yillik yoza-yozlar va sud jarayonlari shundoq ham oila boqaman deb moshina ro‘lida qo‘li qavargan shafyor boboni sog‘lig‘idan ayiradi…
Qolaversa tanish bilishlardan olgan qarzlarni ham to‘lash kerak.
Bir yarim milliard sarflab qurilgan bog‘chani esa Mirishkor xalq talimi mudiri sudga berib maktab hududiga qo‘shib oldi.
Shundan keyin Mirzaqul Xolmirzaev adolat istab Kasbi tuman iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
Mana ikki yildirki Kasbi tuman iqtisodiy sudida Mirishkor tumani hokimiyatidan bir milliard 20 million so‘m yani «Sabohat gul g‘unchalari», bog‘chasini qurishga ketgan pul mablag‘ini Mirzaqul Xolmirzaevga o‘ndirib berish haqida sud buyrug‘i chiqaniga qaramasdan Shafyor boboga Mirishkor tuman MIIB xodimlar 49 million soliq to‘latishga to‘ladi, ammo boboning Mirishkor tumani hokimligidagi bir milliard pulidan bir tiyin ham undirib berishgani yo‘q.
«Men Prezidentimizning tadbirkorlarni qo‘llashiga ishongandim.
Mening aybim hokim qarori bilan barcha hujjatlarni to‘g‘irlab mahallamda bog‘cha ochganimmi??
Besh yildan beri yoshim keksaygan chog‘da davlat idoralari eshigi tagida koptokman.
Nima jinoyat qildim hayronman?
Qarang prezdentimiz ishongan mutasaddi tashkilotlar talimni biznesga aylantirgan .
Adolatni taminlashi kerak bo‘lgan Mirishkkor tuman MIIBi esa aynan adolat buzilishining va nohaqliklarning boshchisidir.
Nakotki prezdentimiz ishongan tizim o‘g‘ri va muttahamlarga qolgan bo‘lsa dnydi murojaatchi?
Biz esa hujjatlarni o‘rganish jarayonida g‘alati bir holatga duch keldik.
Bugun nohaqlikga uchragan oddiy shafyor Mirzaqul bobo emas ekan.
Miirishkor hokimligi tomonidan xonavayron qilingan yana 63 ta insoning ro‘yhatiga duch kelganimizda anglaganimiz shu bo‘ldiki…
Xonavayron bo‘lgan faqat bizning shafyor Mirzaqul bobo emas ekan.
Bu xonavayronlar ro‘yhatini ko‘rib Mirishkor tuman hokimligi nima bilan mashg‘uligini anglash qiyin emas albatta.
Sababi bizga hujjat taqdim etgan insaydirimizning keyingi hujjatidan anglaganimiz shu bo‘ldiki bu 63 ta xonavayron Mirishkorlik O‘zbek fuqarolari ham yillar davomida Mirishkor tuman majburiy ijro buyurosi ostonasida sarson-sargardon yurgan rasman davlat organi bo‘lgan Mirishkor tumani hokimligi tunagan bechoralar ekan.
Shaxina blogi
