Catira
14 february 2016

«Ekspert guruhi» 26 yozuvchi ustiga chiziq tortdi

Yozuvchilar uyushmasi ekspert guruhi qarori bilan, «prezident ko‘rsatmasiga amal qilmaganlari», “mamlakatda kechayotgan ulug‘vor ishlarga daxldorligini his etmaganlari uchun” haydalganlar orasida o‘zbek xalqining eng kuchli qalam sohiblari bor.

«Quloqqa xunuk eshitilar ekan. 37-yillarda mashhur «Uchlik» bo‘lardi: kim yashaydi, kim otiladi, kim Sibirga surgun qilinadi, kim umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi – o‘sha uch kishi hal etardi! Eng dahshatlisi – bu uch kishini birov bilmasdi!», – deya izoxlaydi «Ekspert guruhi» qarorini yozuvchi Nurilloh Muhammad. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «hukm»ga imzo chekkanlar, ammo «Uyushma» degan majhul nomning orqasiga yashirinib, tarqatilgan hujjatga otlarini ham qo‘yishmagan. «Elimizning katta shoiri Muhammad Solihni muxolifat lideri o‘laroq a'zolikdan haydadik desa, unda qolganlar-chi? Sulaymon Rahmon, Gulchehra Nurullaeva, Mamadali Mahmud, Yodgor Obid… bular kamida 70 yoshning nari-berisidagi ijodkorlar. Xurshid Davron ulardan bir oz yoshroq, ammo u O‘zbekiston xalq shoiri… Deylik, Mamadali Mahmud 17 yil qamoqda yotdi, o‘shanda o‘chirmay, endi uch yildan beri ozodlikda yashay boshlaganida o‘chirishdi. Mantiqlarini tushunib bo‘lmaydi. Sulaymon Rahmon o‘tgan yili shu paytlari insult bo‘lib yaqin olti oy bir joyda yotib qoldi. Orada unga qarab o‘tirgan ayoli olamdan o‘tdi. Endi tetapoya yura boshlaganida… buning ustiga keksa yoshida… Uyushma uyushma bo‘lib a'zosidan bir marta xabar olish o‘rniga, qilgan ishini qarang! Yaqindagina «Odamlarda qoldir vijdonni» degan saylanma kitobi nashrdan chiqqan, unda Sulaymon aka xalqimizning ulug‘ shoiri ekanini isbotlagan edi! Mana sizga uyushmaning «tashakkurnoma»si! Lekin odamga taskin beradigan nuqta – «o‘chirilgan» bu ijodkorlarning obro‘yi ham, iste'dodi ham «O‘chiruvchilar uyushmasi»ga a'zolik bilan o‘lchanmaydi», deya hasrat bilan izoh qoldiradi Nurilloh Muhammad.

Taniqli fotojurnalist Umida Ahmedova esa O‘zbekistondagi ziyolilarning bugungi ahvolini Shimoliy Koreya bilan tenglashtiradi. «Mening ijodiy ishlarimni «tuhmat» deb sudlashganda, butun dunë bong urgan edi… faqat O‘zbekistonda emas… Chunki biz Shimoliy Koreyadan hech farqimiz yo‘q!!! «Afsus, lekin bu fakt!», deydi u ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izohida.

Rassom Tuz,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 february 2020
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tgan uchrashuvda «bir kichkina bojxona posti rahbari»ning uyidan ...
16 june 2016
Ahmadboy shirkatining tekshirilishi natijasida, Ozodlik radiosining bildirishicha, 13 milliard 138 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari ...
6 january 2026
Muhammad Solih TOShKYeNTGA VIDO Men qamoqdan chiqarkan, fuqoralik Ichki Ishlar Vazirligi pasportimni olib qo‘ygandi. Ammo ular menga deputatligimda berilgan ...
28 november 2016
Internetda bosh vazirning virtual qabulxonasiga oid latifanamo gap-so‘zlar ko‘payib borayotgan bir paytda mahalliy matbuot uni ko‘klarga ko‘tarishda davom etyapti. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...