Asosiy mavzular
11 august 2025

O‘zbekistonlik bosqinchi askarlar itdek xor bo‘ldi

Ishtixonlik aka-uka Donaevlar o‘z ixtiyori bilan Rossiya armiyasi safiga qo‘shilib Ukrainaga bostirib bordi. Urush sarguzasht emas, jang maydonidagi digi-digi o‘yinlaru, bosh qahramonning tirik qolishi faqat kinolarda bo‘ladigan safsata.

Aka-uka Donaevlar okopda bir yil o‘tirib osongina pul ishlaymiz degan xom-hayol bilan Tula shahrida harbiy tayyorlovdan o‘tishdi. Luganskdagi janglardan birida aka ham, uka ham og‘ir jarohatlandi.

Ukrain qoniga qo‘lini botirgan Donaev Nodirbek Xoljigitovich mina oskolkasidan jarohatlandi – bosh, bo‘yin, o‘pka va belda chuqur jarohatlar olgan.

“Uch kun jang maydonida qolib ketdim. Hech kim bizni olib ketmadi, suv va oziq-ovqat yo‘q edi. Akamning o‘ligini jetonidan tanidim, granata portlashidan keyin faqat suyaklari qolgan edi. O‘zi tanib bo‘lmas ahvolda edi. Akam o‘lganini bilgach o‘zim sudralib harbiy gospitalga yetib bordim. Tik yurolmasdim, faqat yerda sudralib harakatlandim” – dedi Donaev sud ko‘rsatmasida.

Og‘ir jarohatlar sabab Donaev Nodirga ta'til berildi. Shu ta'tilda 3 million rubl to‘lov olgan bosqinchi askar bu qilgan ishi jinoyat ekanini tushunib qoldi: “Uch bolam bor. Oilamning yolg‘iz boquvchisiman. O‘ylab qarasam, begona davlat armiyasiga qo‘shilib urushish jinoyat ekan” – dedi u. Nega bu haqida aynan pul olganidan keyin o‘ylab qolgani haqida esa izoh bermadi.

Kattaqo‘rg‘on tuman sudi Rossiya-O‘zbekiston urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligini 3 yilga chekladi. Garchi bu muddat ommaviy qotillik ishtirokchisi uchun berilgan eng kam jazodir.

Eltuz o‘n yildan ortiq davom etayotgan Rossiya Ukraina urushi va unda o‘zbeklarning ishtirokiga oid xolatlarni yoritishda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
24 november 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
2 february 2021
«Eltuz» shoir va muxolifatchi Muhammad Solihning yangi badiiy asari, falsafiy esse formatida yozilgan – «Imperativ» kitobining audioversiyasini taqdim qiladi. ...
10 june 2021
Bir-biridan mustaqil manbalarning “Eltuz”ga bildirishicha, O‘zbekiston xalq ta'limidagi korruptsiyaning eng ochiq va ayovsiz ko‘rinishi chekka tumanlarda emas, xalq ta'limi ...
19 july 2018
O‘zbekistonning «Sevimli» telekanalida 15 iyul kechki payt ko‘rinib ketgan seks sahnasi haqidagi malomatlar ijtimoiy tarmoqda hali ham tingani yo‘q. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...