Asosiy mavzular
6 october 2025

«Gulnor» 10 qism (xato va kechikkan iqror)

Axmad Beyjon Erjilasun

Eshik takilladi.

“Nega buncha qattiq urishadi”, deb o‘yladi Gulnor va eshikni ochdi. Ostonada Korlig‘ashev turardi. Sochlari yomgirdan namlangandi.

Ichkariga kirib plashchini yechdi:

– Ikki kun o‘tdi, o‘rtok Kunboeva, — dedi Korlig‘ashev, — siz esa kitobni xali ham topmadingiz!

– Kitob, mana, stolda, raportim xam shu yerda, — dedi Gulnor jahli chiqib.

– Yaxshi, — dedi Korlig‘ashev va paketni ko‘liga oldi. Uni ochayotib, yana dag‘dag‘a qildi:

– Lekin nega menga bu hakda darrov xabar bermadingiz? Kitobni qachon topdingiz? — dedi u.

Gulnor uchun bu baqiriq ortiqcha edi. U bir necha oydir-ki, o‘z vazifasini xolis bajarardi. Odamlar haqida batafsil “donos” yozardi. Nima? Gulnor donoschi edimi? Bu so‘zlar uning shuurida ilk bor portladi.

– O‘rtoq Qorlig‘ashev, menga nohaq baqirayapsiz, — dedi ovozi titrab Gulnor, — sizga holis xizmat qilgan odamga nohaq baqirayapsiz. Kitob bugun ko‘limga tushdi, uni o‘qib chiqdim va raportimni yozdim. Sizga ertalab bermoqchi edim.

Korlig‘ashev plashchini kiyib, ko‘liga paketini oldi:

– Muhim voqealarni darxol telefonda bildirishingiz kerak, o‘rtoq Kunboeva, — dedi u va tashqariga chiqdi.

– Daf bo‘l!, — deb yubordi Gulnor chiqib ketgan odamning orqasidan.

Eshikni ham qarsillatib yopganini sezdi.

Kelib yotoqqa uzandi. “Bu landavurga yana nima kerak mendan?”, deb o‘yladi Gulnor. Deyarli har kun raport yozib turgan bo‘lsa…

Odil Tursunov ko‘z oldiga keldi. Ziyoli yigit kitobni Gulnorga berar ekan, uning niyati yaxshi edi. Uning nima gunohi bor edi?.. Gulnor kelajakning buyuk kimyogar olimini yo‘q qilish uchun ilk qadam tashlagandi. Koshki, Korlig‘ashevga eshikni ochmasa!

Gulnor o‘z xayollarining yangi yo‘nalishda ketayotganini xis qildi, ammo buni to‘xtatishga harakat kilmadi. “Daf bo‘lsin!”, dedi yana shivirlab Qorlig‘ashevga.

Gulnor huddi jahannam otashida turganday chirpina boshlagandi. Odil Tursunov kabi yosh va begunoh odamning kelajagini yo‘q qilayotgandi Gulnor…

Endi hayolidan kechgan fikrlarni ham raportga yozib o‘zimni ham jazolantirishim kerak, deb o‘yladi Gulnor. Ammo ruhi sukunat topolmadi, topishi ham mumkin emasday ko‘rinardi. Shu payt ruhini majhul bir bo‘shliqdan oqib chiqayotgan suvga tashladi go‘yo. Suv toza va shaffof edi. Ichi yuvildi, chayildi qizning.

Turib oynaga boqdi. Yonoqlarida titrab turgan tomchilar billurday porladi. Kulimsiradi. Oppoq tishlari toza, mas'um edi. Yechinmasdan yotog‘iga uzandi, uxlab qoldi.

Uyg‘onganida soat yetti bo‘lgandi. Bu kecha qo‘rqinchli tushlarni ko‘rmagandi. Teran, huzurli uyqu bilan uxlagandi. Faqat yuragidagi yong‘in hali ham so‘nmagandi.

Yuzini yuvdi, sochini taradi, nonushta qilmasdan, ko‘chaga chiqdi. Tongda yarim soat yurish uni yayratdi.

Eshikni Muhammad Solihning xotini ochdi:

– Keling, Gulnor, — dedi u, — qandaysiz, tinchlikmi?, — dedi u.

– Tinchlik, Oydin opa, siz bilan nonushta qilay dedim, — dedi Gulnor.

Oydin xonim:

– Solihbey, bu yoqqa keling, Gulnor keldi, — deya erini chaqirdi u.

Muhammad Solih zinapoyadan tusharkan, “bir narsa bo‘ldi”, deb uyladi. Chunki, Gulnor hech qachon tonggi pallada kelmagandi.

– Assalomu alaykum, Solih aka, sizni kallai saharda bezovta qildim, uzr, — dedi Gulnor.

– Nima deyapsiz Gulnor, do‘stlar istagan paytda kelishi tabiiydir, — dedi Muhammad Solih.

Gulnor bo‘lgan voqealarni aytib-aytmaslikda yana taraddudlana boshladi.

– Sizni bezovta qildim, chunki jiddiy bir xato qildim, shuni aytishga keldim, — dedi nihoyat qiz.

– Qanday xato, Gulnor?

Oydin xonim stolga qo‘ygan bir piyola choy Gulnorga nafas rostlash imkonini berdi.

– Men siz bilan bo‘lgan butun suxbatlarimizni KGBga yetkazib keldim, — dedi Gulnor.

– Yo Ollohim!, — deb yubordi Oydin xonim va qo‘lidagi laganni stolga qo‘ydi-da, kresloga o‘zini tashladi.

– O‘zingni bos, Oydin, — dedi Muhammad Solih, — biz zotan Gulnorning axvolini taxmin qilgandik. Unga keyingi kunlarda muhim narsalar haqida gapirmay qo‘ygandik…

– Kachondan beri, Solih aka?, — dedi Gulnor.

– Siz professor Yildirim bilan uchrashganingizdan beri, — dedi Muhammad Solih.

Gulnor choydan xo‘pladi:

– Ammo “Turkchilikning asoslari”ni olganimni siz xali bilmaysiz, — dedi u Muhammad Solihga karab.

– Bilmayman. Kitobni kimdan olgandingiz?, — dedi Muhammad Solih.

– Odil Tusunovdan.

Muhammad Solih Gulnor haqidagi shubhalarini Odil Tursunovga aytmaganini esladi.

– Kitobni Tursunovdan olganingizni raportda yozdingizmi?, — dedi Muhammad Solih.

– Afsuski, yozdim, — dedi Gulnor.

Va ko‘zlaridan toshib kelgan ko‘zyoshlarini tutolmadi. Bo‘g‘zi qichqiriqqa to‘ldi. Oydin xonim yoniga keldi, yuzini uning yelkasiga qo‘ydi.  Xo‘ngrab yig‘lardi.

Muhammad Solih Odilni o‘yladi. Bu yosh yigitga achinardi. Solih uning kelajagiga zomin bo‘ldim, deb o‘zini ayblardi.

– Sizni ham aytdim, — dedi Gulnor hiqqillab yig‘lashda davom etarkan.

– Xechqisi yo‘k. Ular shundoq ham biz haqqimizda ko‘p narsa bilishadi. Siz o‘zingizni ayblashni to‘xtating. Bu ishda Odil ko‘proq zarar kuradi. Ammo bu ish bizga sizni olib keldi.

– Ammo Odil uchun yaxshi bo‘lmadi, — dedi Gulnor.

– To‘g‘ri, — dedi Muhammad Solih, — ammo bu harakatga qo‘shilgan har kim boshiga bir balolar kelishi mumkinligini avvaldan hisobga olgan bo‘lishi kerak. Men aminman-ki, Odil ham buning hisobini qilgan.

Gulnor bu qadar sovuqqon bo‘lolmasdi. Inson hayotini hisob bilan o‘lchashni istamasdi.

– Baribir Odil uchun azob chekayapman, buning yagona sababchisi menman, — dedi Gulnor.

– Yo‘q, Gulnor, mening ham aybim bor. Uni sen haqda ogohlantirishim lozim edi, — dedi Muhammad Solih.

Bu so‘zlarni so‘ylamasligi kerak edi. Solih yana extiyotsizlik qilib, Gulnorni ranjitdim, deb o‘yladi.

– Unday demoqchi emasdim, Gulnor, — dedi Muhammad Solih, — meni to‘g‘ri tushuning, siz biz uchun doim yaqin edingiz, hatto sizdan shubxalana boshlaganimdan so‘ng xam…

– Balki Qorlig‘ashevga kitobni bermasligim kerak edi. Kecha ko‘p ikkilandim. U odam uyimga kelib kitobni va raportni oldi, — dedi Gulnor.

Demak, ayni Korlig‘ashev. Nima bo‘lsa bo‘ldi, deb o‘yladi Muhammad Solih. Gulnorning ko‘nglini olish, yupatish lozim edi.

– Gulnor, — dedi Muhammad Solih, — inson hayoti yuksalish va pastga inishlardan iborat. Dunyoda xato qilmagan odamning o‘zi yo‘k. Mening ham, Oydin xonimning ham hayotida qilgan xatolarimiz bor va shu ma'noda biz insonmiz. Odam qilgan xatosini takrorlamaslik uchun ulardan dars olishi kerak. Xatolarga asir tushishdan o‘zingizni asrang.

Muhammad Solih uzoq gapirishni yoqtirmasdi. Uzun gapning ta'siri oz bo‘ladi, derdi. Va so‘zini qisqa qildi:

– Siz xam o‘z xatolaringizdan dars oling, — dedi u.

– Odatdagiday chiroyli gapirdingiz Solih aka, raxmat sizga, — dedi Gulnor.

Uning yurak urushlari sokinlashib, ovozidagi titroq yo‘qolgan edi.

– Mening chekadigan azobim yana davom etadiganga o‘xshaydi, Solih aka, — dedi Gulnor, — bunday dahshatli xatoning ustidan yurib, unutib ketishim qiyin bo‘lsa kerak. Meni yupatish uchun gapirayotganingizni bilaman, Solih aka. Inson xato kiladi, ammo jazosini ham tortishi kerak, menimcha…

– Qalb sasini tinglasangiz yetar, Gulnor. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Bu yerga qalb amri bilan kelgandingiz, bundan keyin ham uning aytganini qilsangiz yanglishmaysiz, — dedi Muhammad Solih.

Oydin xonim erining vaziyatni yumshatganini angladi. Gulnor o‘rnidan turib, xayr-ma'zur qildi:

– Katta raxmat, Oydin opa. Umid qilaman Solih akam meni bundan keyin ham qabul etadi…

– Buni biz eshitmadik deb hisobla, Gulnor. Eshigimiz senga har doim ochiq, unutma, — dedi Oydin xonim va Gulnorning orqasidan qarab qoldi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 10 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
15 october 2018
Xorazmlik taniqli xonanda Aziza Niyozmetova 14 oktyabr kuni 46 yoshida olamdan o‘tdi. Bir yil avval saraton kasaliga chalingan xonanda ...
3 august 2016
Viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning bug‘doydan bo‘shagan yerlarga mosh ekish haqidagi topshirig‘i, o‘z yerlariga boshqa ekinlar ekib, katta mehnat va ...
9 june 2020
“Uzauto Motors”ning Asakadagi zavodida avtobuslar garajida navbatchi mexanik bo‘lib ishlagan, ikki o‘g‘ilning otasi, 53 yoshli Ahrorbek Sayfiddinov ko‘richakning zo‘rayishi ...
7 january 2026
Tarmoqda tarqalayotgan uzunquloq gaplarga ko‘ra, turk pop-musiqasining tirik afsonasi Tarkan taxminan 22 million dollarni o‘zi tug‘ilgan joy  –  Sivasda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...