Kundalik
6 october 2025

Ogohlantirish

«Eltuz» nashri so‘nggi 15 yil ichida o‘zbek tilidagi mustaqil nashrlar ichida ko‘zga ko‘ringan nashrga aylandi. Buning omili nashrning  xalq dardini aytishda ko‘rsatayotgan jasorati va yoyindagi maksimum ob'ektivligi bo‘ldi.

Xalq ichida orttirilgan bu obro‘-e'tiborga parallel ravishda «Eltuz»ga qarshi ba'zi qatlamlarda muayyan ijirg‘anish ham uyg‘otdi. Faqat siyosiy davralarda emas, matbuot tizimlarida ham «Eltuz»ga qarshi guruhlar paydo bo‘ldi. Buni ham tabiiy jarayon deyish mumkin. Ammo bir narsa borki, buni hazm qilish juda og‘ir bo‘larkan. Ayniqsa, bu fitnada bir paytlar sen bilan birga harakat etgan kishilar ishtirok etsa. 

Bir yildan beri «Eltuz» Bosh muharriri Qudrat Bobojonga qarshi qilinayotgan tahdidlarning asos sababchisi aynan o‘sha eski do‘stlar sababchi bo‘lmokda. Buning texnikasi juda sodda. Eltuz saytida O‘zbekiston hokimiyatidagilarga qarshi bir material e'lon qilinadi, bu material faktlarga emas, mish-mishlar asosiga qurilgan, hatto ochiqdan ochiq yolg‘onga asoslangan bo‘ladi. Va bu materialni yozgan odam uning ostiga o‘z ismini qo‘ymaydi, «Eltuz» nomini qo‘yadi. Masalan, «Eltuz»ga ko‘ra, bu bunday», «Eltuz»ning qo‘lidagi hujjatlarga ko‘ra, u unday» qabilida uydirma maqolalar uyushtiriladi. 

«Eltuz» kim? «Eltuz» – uning Bosh muharriri Qudrat Bobojon!!!

Va qarshi jabha Qudrat Bobojonga qarshi ayovsiz hujumga o‘tadi. Unga yog‘ilgan haqoratlar, tuhmatlar, tahdidlarning son-sanog‘i yo‘q.

Eng yomoni keyingi paytlarda tahdidlar kun sayin jiddiy tus ola boshladi.

Qudrat Bobojon ko‘chaga chiqsa, atrofga qarab tadbir olishga o‘rgana boshladi. Bu psixologik holat uning ishiga, jurnalistik faoliyatiga ham ta'sir qila boshladi. Hatto u «Eltuz»ni yopib, qalamini sindirish niyatida ham yurdi. 

Bu fitnachi sobiq do‘stlarni ogohlantirdi, «Eltuz» nomidan maqola yozmanglar, yozsangizlar o‘z ismingizni qo‘yinglar, qo‘rqoqlar!!» deb ularga ochiq murojaat ham qildi. Ammo ular uyalmasdan «Eltuz» nomidan material e'lon qilishda davom etdilar va etmoqdalar.

Bu qo‘rqoq «qahramonlar»dan bittasi hozirda «Ozodlik» radiosida ishlaydi, lozim bo‘lsa, majbur qolsak uning ismini ochiqlaymiz. Bu arbob «aqlli buzoq ikki sigirni emadi» deganlariday, ham «Ozodlik»dan ham O‘zbekistondagi siyosiy guruhlarning biridan ham maosh oladi. Va «Eltuz»ning nomini qo‘llanib o‘sha guruhning buyurtmalarini bajaradi.

«Eltuz» jamoasi o‘laroq bu shaxsni so‘nggi marta ogohlantiramiz: materiallaringizda «Eltuz» nomini qo‘llanmang, ozgina erkak bo‘ling, o‘z ismingizni ochiq yozing maqolalaringiz ostiga! 

Agar bundan so‘ngra ham «Eltuz» nomini bulg‘ashda davom ettirsangiz sizning asl kimligingizni rasman ochiqlaymiz.

Eltuz tahririyati

Tag‘in o‘qing
5 february 2018
MXX raisi Rustam Inoyatov o‘z daxlsizligini Moskva orqali olgani haqida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih o‘z manbalariga tayanib bildirdi. ...
30 may 2016
Farg‘ona shahrida o‘tgan “Universiada” sport musobaqalarining eng qiziq voqeasi albatta, yoshgina militsionerning mamlakat bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning yo‘lini to‘sgani ...
2 may 2023
BMT Bosh Assambleyasi BMT va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiyani qo‘llab, Xitoy, Armaniston, Braziliya, ...
16 may 2020
O‘zbekistondagi, Qozog‘istondagi, Boltiqbo‘yidagi rus tilli ziyolilar va fuqarolar qanchalar aqlli, asosli argument keltirmasin, qanchalik do‘stona munosabatlarga va bag‘rikenglikka urg‘u ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...