Asosiy mavzular
11 october 2025

Ijtimoiy himoya milliy agentligi nogiron bolalar rizqini talon-toroj qilmoqda

«Toshkent shahridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli barcha maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab internatlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga 2025 yil yanvar-dekabr oylariga oziq-ovqat uchun davlat tomonidan ajratilayotgan byudjet mablag‘lari agentlik xodimlari tomonidan majburiy tartibda o‘z tanishlari nomiga 22.01.2025 yilda ochilgan INN 311855077 ”FRESH SUPPLY”MChJga shartnoma qildirib ishlab kelinmokda. 

Agarda ushbu MChJ bilan shartnoma tuzmasa MTM va internat rahbarlarini ishdan olish buyicha do‘q-po‘pisa qilindi. MChJ tomonidan ta'minlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatsiz bo‘lishiga qaramasdan iste'molga topshirilmoqda. 

Masalan, non mahsulotlari qotgan, MChJ bilan tashkilot o‘rtasida shartnoma 1-toifali mahalliy mol go‘shti yetkazib berishga sharnoma qilinishiga qaramay, boshka davlatlardan keltirilgan muzlatilgan mol go‘shti yetkazib berilyapti. 

Tashkilotlarda olib borilayotgan muzlatilga mol go‘shtining vetenariya xulosasi mavjud emas. Bu degani 1-toifali mahalliy mol go‘shti bilan boshqa davlatlardan keltirilgan muzlatilgan go‘sht o‘rtasida narxi bo‘yicha katta farqi bor. 

Agarda bu kamchiliklar agentlikka aytilsa, “indamay olavering”, deyishadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj (nogiron) bolalarga davlatimiz, Prezidetimiz tomonidan oziq-ovqati uchun ajratilgan mablag‘larni agentlik xodimlari talon-toroj qilishyapti.»

Tag‘in o‘qing
30 august 2018
Sentyabr kelib, Mustaqillik sharafiga karnay-surnay, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq, o‘qish boshlanishi ketidan mamlakatda paxta terimi boshlanadi. Nafaqat fermerlar, balki o‘quvchi, ...
26 july 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayëom. Yuz ...
24 november 2025
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 2024 yil sentyabr oyidagi Energetika vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 604-sonli quduqda muammoli yo‘qotishlar (metan emissiyasi) kuzatilgan. ...
7 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) SO‘ZBOShI O‘RNIDA Sof ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...