Anons
21 october 2025

Turkiyada Muhammad Solihning yangi kitobi chop etildi

Turkiyada taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solihning «Vodiyda o‘lim taqiqlangan» (Vadide Ölmek Yasak) nomi ostida yangi kitobi turk tilida chop etildi.  Bu kitobni muallifning o‘zi o‘zbek tilida «Tiranish» nomi ostida chiqargan va 2023 yili adibning tanlangan asarlari «Kulliyot»ga yettinchi kitob o‘laroq kiritilgan edi.

«Sizga taqdim etilayotgan bu matn yashaganim so‘nggi 35 yillik siyosiy va ijtimoiy hayotimning muxtasar hisobidir.

Aslida adabiyotchiman, tarixiy sharoitlar meni siyosatga olib kirdi. Shu bois, sunggi 30 yilning bu muxtasar tahlilida siyosiy voqealarga ko‘proq joy ajratildi.

Bu yerda uydirma, badiiy bezak yo‘q. Bu yerda tarixiy haqiqatlar yashirilmayajak. Bu matn – umrimning yarmini qamragan bir davrning ehtirossiz xronikasidir.

Uni iymonim va vijdonim tarozisiga qo‘yib, hujjatlar asosida taqdim etayapman.

Zero, bu hisobot bir siyosatchining o‘z siyosiy g‘oyasi oldidagina emas, bir o‘zbek oydinining o‘z vijdoni oldidagi hisobotigina emas, bu – bizni yaratgan Zot huzurida ham bir hisobotdir…» deya yozadi muallif o‘zining navbatdagi asari haqida.

Muhammad Solih — o‘zbek adabiyotida va siyosatida o‘ziga xos, chuqur iz qoldirgan shoir, jamoat arbobi va muxolifat lideridir. Uning ijodi davrning murakkab siyosiy va ijtimoiy voqealarini o‘zida aks ettirganligi, poetik shakl va mazmun jihatidan yangicha qarashlarga boyligi bilan boshqalardan farqlidir.

Shoir ijodida erkinlik, mustaqillik g‘oyalari markaziy o‘rin tutadi. Uning asarlarida Millatning ozodlikka intilishi va kelajakka bo‘lgan umid badiiy ifodasini topgan. Uzoq yillar Vatandan yiroqda yashashga majbur bo‘lgan shoirning ijodida vatan taqdiri uchun qayg‘urish hissi uning falsafiy qarashlariga uyg‘un tarzda namoyon bo‘ladi.

Muhammad Solih ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki  butun Turkiy dunyosi adabiyotida ham munosib o‘ringa ega. U o‘z hayoti va ijodi bilan milliy g‘urur, jasorat va so‘z erkinligining yorqin namunasini ko‘rsata olgan. Muallifning navbatdagi kitobi Istanbuldagi «Boğaziçi Yayınları» nashriyoti tomonidan turk tilida chop etilgan. Kitobni ushbu ilova orqali harid qilishingiz mumkin.

Tag‘in o‘qing
22 october 2021
O‘g‘il nevarasini qo‘rqitib, muntazam zo‘rlagan toshkentlik amaki haqida video tarqaldi. Bu amaki «nojo‘ya jinsiy harakat qilgani» uchun jarimaga tortiladi, ...
3 october 2025
O‘zbekistonning energiya iste'moli yildan yilga o‘sib bormoqda va bu ehtiyojni qondirish maqsadida mamlakat hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda yirik ...
25 march 2017
23 mart kuni O‘zbek milliy futbol termasining Suriyaga yutqazishi tarmoqda futbol ishqibozlari tomonidan g‘azab bilan qarshi olindi. Eltuz.com
5 august 2018
«Guruhimizning jipsligi va qat'iyati avvalida oyoq tirab turib olgan sud raisini qarindosh-urug‘larimizning qolganlarini ham sud zaliga kiritishga majbur qiladi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...