Asosiy mavzular
5 november 2025

Germaniya kantsleri: «Suriyada urush tugadi. Qochqinlar vataniga qaytarilishi kerak!»

Deutsche Welle nashrining yozishicha, FRG kantsleri Fridrix Merts «suriyalik qochqinlar endi vatanlariga qaytarilishi kerak, chunki urush tugadi» deya bayonot bergan.

«Endi suriyaliklarga Germaniyada boshpana berish uchun asos yo‘q, shuning uchun biz deportatsiyani boshlashimiz mumkin», — dedi Merts Shlezvig-Golshteyn Bosh vazir Daniel Gyunter bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida.

FRG Kantsleri suriyaliklarning aksariyati o‘z mamlakatlariga ixtiyoriy ravishda qaytib, uning tiklanishiga yordam berishiga umid qilmoqda. Biroq suriyalik qochqinlar o‘zlarining vayron bo‘lgan yurtlariga qaytishni astoydil istashayotganlari ham yo‘q.

Ayni fikrni yaqinda Damashqqa tashrifi chog‘ida Germaniya Tashqi ishlar vaziri ham bildirgan: «Germaniyada yashovchi suriyalik qochqinlar yaqin kelajakda vataniga qaytishlari dargumon».

Tag‘in o‘qing
26 may 2018
Feysbuk tarmog‘ida Haqiqat ko‘chasi tugagan joydagi yo‘l belgisi mashhur bo‘ldi. Aftidan selfida Toshkent viloyatining, Yangibozor tumanidagi poytaxtga ketadigan yo‘l ...
30 march 2022
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida tuzilganiga bir yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan Jamoatchilik kengashi imi-jimida tugatib yuborilgani hatto uning ...
15 january 2016
Eltuz elektron pochtasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoevning erkatoy kuyovlari Oybek va Otabeklar puli ko‘pligidan kerilishmoqda. ...
11 april 2017
Stokgolmda teraktni amalga oshirgan samarqandlik Aqilovning qo‘lga olingan sheriklari deya gumon qilinayotgan shaxslar, Eltuzning ishonchli manbalariga ko‘ra, 47 yoshli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...