Catira
19 december 2025

Putin g‘oyasi yuz foiz natsizmga xos 

Ko‘pchilik «natsizm» va «fashizm» tushunchalarini adashtiradi.

Aslida esa — Gitler natsist bo‘lgan, Mussolini esa «fashist». Natsistlar tarixiy adolat niqobi ostida bosib olingan hududlardagi tinch aholini otib tashlagan va kontslagerlarga haydagan. Putinning «MHO»sini (SVO) ham «natsistcha» deb atash mumkin. Bucha, Irpen, Borodyanka, Vorzel, Mariupol va Volnovaxa kabi yer yuzidan supirib tashlangan shaharlar haqida hamma eshitgan.

Ammo Chernigov yaqinidagi kichik Vishnyovoe qishlog‘i haqida hamma ham bilmaydi. Rossiya Qurolli Kuchlari qishloqqa 2022 yil 3 mart kuni kirib kelgan. Barcha 468 nafar yashovchini maktab yerto‘lasiga qamab qo‘yishgan — bu bir kishi uchun 50-60 sm joy degani. Ular orasida 2 yoshgacha bo‘lgan 20 dan ortiq bola bor edi. Ko‘chaga shunchaki nafas olish uchun kamdan-kam va hammani ham chiqarishmagan.

Ushbu 468 kishidan 11 nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerto‘lada vafot etgan. Yana 11 nafari mast askarlar tomonidan ko‘ngilxushlik uchun otib tashlangan. Buning ustiga, RF Qurolli Kuchlarining «askar» deb ataluvchilari: «Nima xohlardingiz? Bu urushku», deb da'vo qilishgan. Ammo qishloq ahlidan biron kishi qo‘shnisiga xiyonat qilmadi, bosqinchilar foydasiga Rossiya telekanallariga intervyu berishga bormadi. Va bu Chernigov, Kiev, Donetsk, Xarkov, Zaporoje viloyatlaridagi kontslagerlar bilan bog‘liq yagona holat emas.

Taqqoslash uchun: nemislar yuqoridagi hududlarni 3,5 yil davomida bosib olib turganida ham 11 kishi otib tashlangan edi. Bundan kelib chiqadiki, Putin ukrainlarga nisbatan Gitlerdan ham ko‘proq natsistmi? Ukraina bo‘ylab Vishnyovoe kabi kontslagerlari bo‘lgan qishloqlar yuzlab topiladi.

Demak, Putinning «Rus dunyosi» (Russkiy mir) mafkurasi talqini 100 foiz natsizmga xosdir. Boshqacha emas.

Mixail Xodorkovskiy

Tag‘in o‘qing
23 november 2017
1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatildi. Toshkent ...
31 march 2017
Toshkentdagi «Mirza Yusuf» masjidi imom xotibi, 42 yoshli, Rahmatulloh Sayfuddinovning erkaklarning doyalik qilishiga qarshi targ‘iboti ijtimoiy tarmoqda va turli ...
17 december 2019
«Xullas, shu kundan boshlab “kirpichka”ning masteri Erkin qora meni promkadagi eng og‘ir ishga, ya'ni ichkarisida havo darajasi 70-80° darajagacha ...
15 august 2018
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida xotin-qizlar bilan erkaklarning birgalikda basseynda cho‘milishiga e'tirozli shikoyatlar tushgani bildirilgan. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elmira ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...