Kundalik
16 january 2026

Kredit yuki xalqni ezib qo‘ydimi?

Aslida kredit olish, yuqori kreditlanish ko‘rsatkichi qo‘rqinchli narsa emas.  Biroq kredit to‘lovlari haddan tashqari baland bo‘lib, bank stavkalarida real daromadidan nisbat olinmagach foiz yuki aholini ezib qo‘ymoqda.

Kredit tizimi hujjatlarda balandparvoz qilib tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholining uy-joy sharoitini yaxshilash va iste'molni rag‘batlantirish vositasi sifatida ko‘rsatiladi. Ammo amalda kredit olish “kambag‘allik tomon qadam tashlash” bilan barobar…

O‘zbekiston banklarida iste'mol yoki tadbirkorlik kreditlari bo‘yicha yillik foizlar 24–35 foiz atrofida. Ayrim mikrokreditlarda esa bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori.  Kreditga moshin olib kiraga chiqqan sho‘pr, xo‘jalik uchun kredit olgan fermer topgan-tutganidan foizni bazo‘r to‘laydi.

Kredit masalasida ikkinchi katta muammo — ortiqcha hujjatbozlik va “yugur-yugur”lar ko‘pligidir. Kredit olish uchun ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma, kafil, garov, turli spravkalar talab qilinadi. Ba'zan bir necha bankka borib, haftalab yurilsa ham ish bitmaydi. Bu jarayon insonni charchatadi, vaqt va asabini oladi. Kredit tizimi aholi uchun xizmat qilish o‘rniga, fuqaro bank uchun yugurdaklik qiladi.

Toshkent banklaridan olingan kreditlarning 70 foizi vaqtida to‘lanmaydi, 33 foizi MIB ga oshirilgan, 25 foizi uzoq vaqt to‘lamagani va qarzdorlik oshib ketgani ish sudga oshirilgan. Odamlarda iqtisodiy savodxonlik yo‘q.  Ba'zilar kreditdan ajinadan qo‘rqqandek seskanadi. Boshqalar bir kredit qarzini yopish uchun boshqa bankdan qarz oladi.

Bu holatni Yevropa davlatlari tajribasi bilan solishtirib ko‘rsak, farq juda katta ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, Germaniyada jismoniy shaxslar uchun iste'mol kreditlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari o‘rtacha 3-6 foizni tashkil etadi. Ipoteka kreditlarida esa bu ko‘rsatkich ba'zan 2-3 foizgacha tushadi. Kredit olish jarayoni asosan onlayn amalga oshiriladi: bank mijozning soliq va daromad ma'lumotlarini elektron tizim orqali tekshiradi, ortiqcha qog‘ozbozlik deyarli yo‘q.

Frantsiyada ham shunga o‘xshash tizim yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, maishiy texnika yoki avtomobil kreditlari bo‘yicha foizlar o‘rtacha 4-7 foiz atrofida. Mijoz kredit shartlarini oldindan aniq biladi, yashirin ortiqcha to‘lovlar yo‘q. Eng muhimi, banklar qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini yaxshilab tekshiradi. 

Shvetsiya tajribasi ham bir ajoyib.  Shvetsiyada ipoteka kreditlari  2 foizni tashkil etadi.  Kredit to‘lovlari shaffof, shartnomalar sodda tilda yoziladi. 

O‘zbekistonda esa aks manzara: foizlar qimmat, shartlar og‘ir, javobgarlik esa asosan qarz oluvchi zimmasiga yuklangan.

Bank tizimi haqiqatan ham aholi farovonligini oshirishni maqsad qilsa, foiz stavkalarini pasaytirish, jarayonlarni soddalashtirish va Yevropa tajribasidan o‘rnak olish kerak. Baribir yaqin 10 yilda xalq ishini kreditsiz bitirmaydi. O‘rtahol oilalarda xarajatlardan pul orttirish imkonsiz. Noiloj qolgan odam oxirgi yo‘l sifatida yana kreditga o‘zini uraveradi. Shunday ekan, markaziy bankning insoniy imidjini yaratib, kreditlar foizini pasaytirish lozim.

Tag‘in o‘qing
5 september 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
3 january 2019
Shvetsiya poytaxti Ctokgolmning Solna tumani sudida terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan 6 nafar o‘zbek ustidan ...
25 may 2017
20 may kuni O‘zbekiston telekanalining Tahlilnoma dasturida sovet davri afsonasiga aylantirilgan ayol – Tursunoy Ohunova hayotiga bag‘ishlangan lavhani nimoyish ...
19 april 2018
Prezident Mirziyoevning pedagog va shifokorlarni majburiy ishlarga jalb etmaslik talablaridan so‘ng Toshkentda 17 aprel kuni o‘tgan yig‘ilishda bir necha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...