Kundalik
17 february 2016

Sud mulozimi: «Aramais ishi bo‘yicha hukm tez kunlarda o‘qiladi»

Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 yildan qamoqqa xukm qilingani xaqida xabar tarqatilgandi.

Bugun, Aramais Avakyanning rafiqasi Shirin Tursinova va sudlanuvchi Furqat Jo‘raevning onasi Maxkam Jo‘raevalar, shu masala bo‘yicha Jizzax viloyat jinoiy sudiga borishgan edi.

Ularni qabul qilgan Viloyat Jinoiy sudi xodimi Jamol Qo‘ldoshev, «Araiais Avakyan ishi» bo‘yicha xukmning yashirincha o‘qilgani xaqidagi xabarlarni inkor qildi.

«Biz xuquqiy davlatda yashayapmiz. O‘zbekistonda yashirincha xukmlar o‘qiladigan davrlar o‘tib ketgan. Bu ish bo‘yicha xukmni tayyorlash uchun sudya katta xajmdagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqadi va bu jarayon ancha vaqt oladi.

Hukm tez kunlarda o‘qiladi va Sizlar albatta maxkamaga chaqirilasiz» dedi ularga Jamol Qo‘ldoshev Viloyat Jinoiy sudining xodimi. Bundan sal avvalroq, Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov lintsenziyasi bekor qilinganini aytib, bu ishda ortiq qatnasha olmasligini bildirgandi. Lekin u xam bugun Aramaisning yaqinlari bilan suxbatda, ish bo‘yicha xali xukm o‘qilmaganini aytib, ularni tinchlantirgan.

Ulug‘bek Ashur,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 february 2020
Bryus Pane, RFERL.ORG 2005 yil 13 may kuni ertalab yaqindagina qamoqxonadan qochib chiqqan bir guruh qurollangan shaxslar O‘zbekiston sharqidagi ...
1 november 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi 70 yashar Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini ...
2 october 2025
Umrining 16 yilini u mahkumlikda kechirdi. Rasman Toshkentdagi 1999 yilgi teraktlar uchun, amalda esa “Erk” gazetasini chop etgani va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...