Kundalik
5 may 2015

Qo‘rqoqning qo‘shig‘i ëki lattabayroqlar haqida

«Rossiya bizni bosib oladimi¸bayrog‘imizni yulib olib yerga tashlab ¸bizni qul qiladimi bizga baribir. Qorin to‘q cho‘ntak but bo‘lsa bo‘lgani» deyishdi.

Ulug‘ shayh G‘azzoliy odam bilan hayvonni solishtiradi: «Hayvon qorni ochsa ovqat yeydi. Charchasa uhlaydi. Hirsi qo‘zisa juftiga qo‘shiladi. Odam ham ayni ishlarni qiladi. Ammo unda bir farq bor¸ u ham bo‘lsa aql zakovatdir.»

G‘azzoliy o‘lchoviga ko‘ra “faqat qornim to‘ysin“ deganlar shunchaki hasharotlarmi?

“Tomimizda kimning bayrog‘i hilpirasa bizga baribir“ degan gapni uyalmasdan aytadigan zamonlarga ham yetdik.

Marhum og‘amiz Matnazar Abdulhakim o‘zining “Qo‘rqoqning qo‘shig‘i” degan turkumida bugungi manzarani usta rassom kabi chizib ketibdi.

Eng muqaddas bayrog‘imiz pul,
Bu maydonda men ega – sen qul.
Bu maydonda men qul- sen ega.
Qashshoqlarni ezar boyroqlar,
Kichiklarni ezar kattalar.
Lattalardan bo‘lgan bayroqlar
Bayroqlardan bo‘lgan lattalar.

1986 yilda men Urganchdagi ustaxonamda “Shaytanat” degan mazmundagi surat chizgan edim. (Toxir Malik hali bu mavzudagi romanini ëzmagan edi.) Bu rasmda bitlab ketgan bayroqni ko‘tarib ketaëtgan ko‘r odam tasvirlangan edi.

O‘shanda Matnazar og‘a bu rasmni ko‘rib “Manqurtlar uchun to‘kin dasturxon bayroq bo‘la oladi” degan edi.

Keyin bu fikrni Matnazar og‘a o‘z she'rlarida ko‘p marta “Bu yurtning bayrog‘i supradir” deya ifoda qildi.

Matnazar og‘a odamlardagi ikkiyuzlamachilikni sevmas edi.
Xozirgina «men Temur avlodiman¸Boburning nevarasiman» deb turgan odamning¸ birdan «o‘risga qul bo‘lsak qornimiz to‘yadi¸ ketni qisgan boy bo‘ladi» deb turlanishidan Matnazar og‘a oshkora hazar qilar edi.

Matnazar og‘adan bayt budir:

Maqtovlarga berilganda erk¸
Garchi osmonlarning oymiz.
Qarg‘asalar qarg‘ish tekkudek¸
Yo‘qdir biror halol joyimiz.

Matnazar og‘aning 2008 yilda ëzgan bir she'ri bor.

Bu she'r O‘zbekistonda 2008 yili chop qilingan “Javzo tashrifi” degan kitobiga kiritilgan.

Bu she'r mamlakat chekkasida ko‘rinmasgina bo‘lib o‘tirgan shoir qalb ko‘zi bilan mamlakat siësiy vaziyatini siësatshunosdan ko‘ra aniqroq kuzatganiga dalildir.

Agar O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaga ishonilsa mamlakatning o‘g‘riboshisi prezidentning xotini Tatyana Karimovadir.

Matnazar og‘a o‘z she'rida “Shum kampir egalik qilmoqda mulkka” deya ta'kidlaydi.

Bu yo‘g‘on ishorat aks etgan misralarni qayta o‘qiymiz:

Bulbullar ketgandir bu go‘zal yerdan¸
Bo‘stonda dard bilmay yashaydi qarg‘a.
Nolalar chekmaydi fig‘on tortmaydi¸
O‘qrayib o‘qrayib qag‘illar gulga..
Zaharlab navqiron merosxo‘rlarni¸
Shum kampir egalik qilmoqda mulkka.

Eslatib qo‘yaman bu misralar 2008 yilda ëzilgan.

Matnazar og‘a “Zaharlab navqiron merosxo‘rlarni¸Shum kampir egalik qilmoqda mulkka.” deb ëzyapti.

Gulnora Karimova esa 2013 yilga kelib o‘zi va o‘g‘lining onasi tarafidan zaharlanganini ëzadi.

Matnazar og‘a “Yugurgani somonxonagacha” bo‘lgan bu xalqning og‘zini lag‘monni ipi bilan bog‘lash mumkinligini ëzar ekan¸ Karimovlar saltanatining o‘g‘riligi bois mamlakat puturdan ketganini “Natija” degan she'rida ta'kidlaydi.

Natija

Bog‘lar cho‘l¸ tog‘laring talqona chiqdi
Rost deb aytganlaring ëlg‘ona chiqdi
Qasr deb qurganing molxona chiqdi.

Darhaqiqat o‘zbekiston matbuoti mustaqillik qasri deya ataydigan oshiën molxona¸ uning sokinlari esa mol bo‘lib chiqdi.

G‘azzoliy aytgandek¸ qorni ochsa ovqat yeydigan¸ charchasa uhlaydigan¸ hirsi qo‘zisa juftiga qo‘shiladigan hayvon. Rossiyadagi kampirlarni zo‘rlagan o‘zbek mardikorlar hikoyasining esa matbuotda siyqasi chiqib bo‘ldi.

Bugun marxum shoir og‘amiz Matnazar Abdulhakim she'riyati prizmasi orqali ko‘ringan manzara shunday.

Komil Yashinning “Inqilob tongi” spektaklidagi mazlum rolini o‘ynagan Amin Turdiev “Axvolimiz tomoshabopmi” deydi.

Spektakldagi bu jumla aytilganidan keyin ruslar Buxoroni ishg‘ol qiladi.

Buxoro bir olma kabi uzilib ruslarning qo‘liga tushadi.

Chunki amir bachchabozlik¸ovqat yeyish va o‘g‘irlikdan boshqa narsani o‘ylamagan.

Chunki mullalar davlatchilik va milliy manfaatni kufr deb bilishgan.

Chunki oddiy xalq avom¸boylar johil¸askarlar esa och bo‘lgan.

Bu davr haqida Avaz O‘tar ëzadi:

Sipohi pora istar¸
Mullo ijora istar¸
Bechora chora istar¸
Bir chora zamon bormu.

Bu chora “millatparvarlik” degan siyqa kalimaga joy bo‘lganiga Matnazar og‘a chin dildan ishonar edi.

Matnazar og‘aning eng sevgan hikoyasi ulug‘ islom olimi Najmiddin Kubroning Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘lida qurol olib kurashgani haqida.

Din ahllari va ayniqsa so‘fiylarning o‘z ichiga ëshurunib millat uchun kurashmagani aytiladi.

Boz ustiga mullalar Chor askarlariga Toshkent darvozasini ochib bergani ta'na dashnom bilan eslanadi.

Ammo so‘fiy Najmiddin Kubro qo‘liga qilich olib bosqinchilar bilan kurashib o‘z davlati va millatini himoya qiladi.

Tengsiz kurashda Najimddin Kubro¸ mo‘g‘ullar sanchgan o‘nlab nayzalar zahmidan yiqilar ekan so‘ng damda panjalari bilan dushman bayrog‘in g‘ijimlaydi.

Millat qaxramoni Najmiddin Kubro yerga yiqilar ekan o‘zi bilan birga dushman tug‘ini ham yer parchin qildi.

Matnazar og‘a uchun¸qolaversa men kabi u kishining ukalari uchun bu vatanparvarlikning go‘zal hikoyasi edi.

Garchi Chingizxon Najmiddin Kubroga ko‘p pul hamda lavozimlar va'da berib¸ evaziga faqat bir narsa¸ qarshilik qilmaslikni so‘ragan edi.

Ammo Shayx Najmiddin Kubro o‘z davlatini bosqinchilardan himoya qilishni dushman qo‘lidan ehson olib tirik yashashdan afzal deb bildi.

Bobom Shayx Najmiddin Kubro qo‘lida ¸
G‘ijimlanib qolgan manfur tug‘laring .
Chirib chirib ëtar Urganch yo‘lida¸ deb ëzgan edi marhum shoir og‘amiz.

Bugun dushman qo‘lidagi bayroqni yulib olishga jasorati yetadigan el og‘asi bormi oramizda?

Shuhrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
31 august 2020
Hozirgi yoshlar orasida «kalta paypoq» kiyganlar ko‘p yoki ozligini bilmayman. Lekin hozirga kelib aksari (hammasi emas) yoshlar uylanish jarayonida ...
21 november 2025
Toshkentda o‘g‘li bilan yashirin joyga giyohvand moddalarni olib kelish uchun ketayotgan 51 yoshli ayol qo‘lga olingan.  Ma'lumotlarga ko‘ra, ichki ...
25 march 2020
O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar aniqlangani ortidan karantin joriy qilinishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda virusga qarshi chellenj boshlanib ketdi. ...
13 january 2021
2019 yil oktyabrda davlat xizmatchilarining daromadi va mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgani va 2020 yil boshidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...