Kundalik
20 september 2015

Urlaeva qamoqqa olindi!

“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Qamchibekov Sherzod ismli fermer “Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti yetakchisi Yelena Urlaevadan ko‘mak so‘rab kelgan edi.

To shu kunga qadar Yelena Mixaylovna fermer Sh. Qamchibekovning paymol bo‘lgan huquqlarini himoya qilib keldi. Qonunni nazorat qiluvchi yuqori idoralarga, jumladan, Respublika prokuraturasiga shikoyat arizalar kiritdi.

Bugun, 2015 yilning 19 sentyabr, shanba – dam olish kuni Sherzod Qamchibekov “Bizda daryo bor, baliq tutamiz” deya Urlaevani oilasi bilan “baliq ovi”ga taklif etadi.
Tabiatan ko‘ngli ochiq bo‘lgan ayol hech bir narsadan hadik qilmay, turmush o‘rtog‘i Mansur Masharivof bilan birgalikda Quyi Chirchiqqa daryo bo‘yiga chiqadi.

Urlaevaning telefon orqali tezkor va qisqa xabariga tayanadigan bo‘lsak, kech, taxminan soat 18.30 larda “qandaydir yo‘qolgan baliq tutuvchi qarmoqni o‘g‘irlaganda” ayblangan Yelena Urlaeva, Mansur Masharipof va fermer Sherzod Qamchibekovlar Quyi Chirchiq tuman IIB xodimlari tomonidan xibsga olinadi.

Ayni damda Ye. Urlaeva, M. Masharipov va Sh. Qamchibekovlar Quyi Chirchiq IIBsida, alohida-alohida kameralarda saqlanmoqda.

Qamoqqa olingan shaxslar bilan aloqa uzilgan.

O‘zbekistondagi huquq faollariga “Qamoqqa olish tadbiri uyushtirilgan bo‘lishi mumkin” degan taxminda.

Gumonimizcha, baliq oviga chiqqan Yelena Urlaevaga aslida, kuch ishlatar tizimlar qarmoq tashlashgan ko‘rinadi. Ko‘rinib turibdiki, bu gal kuch ishlatar tizimlarining qarmog‘iga kattaroq “o‘lja” ilingan.

Malohat Eshonqulova,
mustaqil jurnalist

Tag‘in o‘qing
4 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
5 november 2019
«– Eee, Fozilbek, uzr, umuman tanimabman-a, – dedim va yelkasiga qoqib qo‘ydim. Shu payt Fozil birdaniga ingrab yubordi. – Nima bo‘ldi, Fozilbek? Yara bormidi yelkangizda?  ...
14 february 2017
Taqiq va cheklovlarga qaramasdan o‘zbek ëshlari nishonlaydigan «Sevishganlar kuni» haqida maqola ëzgan o‘zbek jurnalisti Darmon Ibragimov bu kunga “bayram ...
6 april 2017
Prezident Mirziyoevning «O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanallarini, xususan, «Axborot» ko‘rsatuvini «ura-urachilik zamoni o‘tgani» to‘g‘risida ogohlantirgani ortidan o‘zbek ommaviy axborot vositalarida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...