Kundalik
13 october 2015

Yurgan odamgina manzilga yetadi

Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanaëtganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham ëmon bo‘lsa nima qilamiz» deb o‘ylashadi va o‘tirishaveradi ox voh qilib.

Jek Londonning «Uch qalb» asarida harakatsiz turgan odamni yutadigan dahshatli qum sahrosining tasviri bor. O‘zbekiston rejimi ham shunday sahro . Odamlar harakatsiz bo‘lgani sayin ko‘proq yerga kirmoqda.

Kecha tizzalarigacha kirgan bo‘lsalar¸ bugun bellarigacha¸ vallahi a'lam ertaga bo‘yinlarigacha jimgina yerga kirishga tayërlar. Ex¸ Konfutsiy¸ Konfutsiy seni o‘qigan sayin ko‘p narsani tushuna boshlayman.

«Eng muximi bir joyda turmaslik¸ ilk qadamni tashlashga jur'at topish.» deya ëzganingda naqadar haq eding sen. Men Qoraqum va Qizilqum ëqasidagi Xorazmda ulg‘aydim.

Qumda yo‘ldan adashishning badali o‘lim ekanini har bir xorazmlik biladi. Lekin hadaf aniq bo‘lsa qumda ham sahroda ham uzoq manzilga yetish mumkin.

Xuddi ingliz maqoli kabi » A journey of a thousand miles begins with a single step» Ming mayl masofa ham ilk qadamdan boshlanadi deb tarjima qilsak bu maqolni.

Yana ne deyin. Nega jim bu xalq. Nog‘orani urmaguncha ovozi chiqmaydi desak to‘g‘ri emas. Urish so‘kish¸ kamsitish bo‘lsa shunchalik bo‘lar.

Bundan atigi 23 yil burun bu millatning o‘zgarish ishtiëqi Boltiqbo‘yi ellari bilan bellashgan ediku. 1989 yilning avgust oyida taqdir taqozosi bilan Urganchdagi Spartak stadionida ilk mustaqil miting tashkilotchilaridan biri edim.

» Erk va mustaqillik » degan shior ostidagi bu mitingda nutq so‘zlamog‘im kerak edi. Ammo tashkiliy ishlar bilan bo‘lib nutq ëzishga ulgurmadim. Rassom o‘laroq nutq ëzishga no‘noq edim. Bu nutqni do‘stimiz¸ xozirda taniqli islomshunos olim Abdurashid Zohidov ëzib berganligini minnatdorlik bilan eslayman. Nutq «YuRAYLIK» deb atalgan edi. Bu nutq nima haqda ekani aniq esimda yo‘q¸ lekin so‘nggi jumla esimda.

Bu so‘z «yuraylik «degan so‘z edi. Biz bu so‘z qanotida maydonlarni to‘ldirdik. Farg‘ona vodiysi¸ Toshkent va Qashqadarë maydonlarida yurishlar boshlandi.

Millat yura boshlagan edi. Ammo sal o‘tmay harakat sardorlari TV ga chiqib «yurishni to‘xtatinglar» deb amr qilishdi. Balki taktik jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan bu qarorning strategik hato bo‘lganiga so‘nggi 23 yil guvohlik beradi. Yurmay qo‘ygan odamni yer yutgani kabi bizni ham yer yutdi. Mana 23 yildirki karimovlar ustimizni tepkilashadi. Balkim yetar. Balkim o‘rnimizdan g‘oz turib ilk qadamni qo‘yarmiz. Balki biz ham yurib yo‘qotgan yo‘limizni topib olarmiz.

Bormi shunday istak?

Shuhrat Bobojon,
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 july 2024
Videoda Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliev fermerni uryapti. Voqea aprel oyida yuz bergan. Kuni kecha esa majlisda hokim Do‘stlik ...
29 october 2025
Bugun turk millati o‘z tarixida ilk marta demokratik respublika qurgan kunga yuz yil to‘ldi. O‘zini turk deb bilgan Rassom ...
22 april 2016
«Avakyan ishi» nomi bilan shov-shuv bo‘layotgan jinoyat ishi to‘g‘risidagi «fosh etuvchi» tafsilotlar O‘zbekiston TVsi ekranidan o‘zbek internet resurslariga ko‘chdi. ...
12 october 2022
Indorama Agro kompaniyasining xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekistonda paxta yetishtirish loyihasi mehnat, fuqarolik va atrof-muhit huquqlarining buzilishi bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...