Kundalik
19 october 2015

Oltinko‘lda ham bolalar terimga jalb etildi

Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, 16-17-18-son maktablarining o‘quvchilaridir.

Eltuz manbasi shuningdek paxta terimiga chiqarilgan 7-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashganini bildiradi. Uning tasdig‘icha boshqa maktablar ham bu yil paxtaga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.

«Chunki Oltinko‘l hokimi shunaqa odam, faqat o‘tgan yiligina bolalar ommaviy tarzda paxtaga chiqmagan bo‘lishi mumkin, undan ilgari ham olib chiqilgan», – deydi u.

Bu yil terim mavsum boshlanishida avvaliga, bolalar majbur emas, biro ota-onalar paxtaga chiqarilsin deyilgan. Biroq ota-onalarning jalb etilishi unchalik foyda bermagach, ularga “ikki ming so‘mdan pul olib kelasizlar” deyishgan. Biroq yetarli pul yig‘ilmagach, ota-onalari paxta uchun pul to‘lamagan bolalar paxtaga majburiy jalb etilgan.

Bundan ilgari Kasbi tumanida ham maktab o‘quvchilari paxtaga jalb etilgani xabar qilingandi.

«Bu yil odamlar paxtadan qiynalib ketishdi, ayniqsa shifokorlar va o‘qituvchilar», – deydi Eltuz manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra o‘tgan yakshanba va bugun dushanba kunlari ham Oltinko‘l tumanida hamma paxtaga aytilgan.

Tuman hokimi paxta safarbarligini 20 oktyabrgacha cho‘zgan. Oltinko‘llik o‘quvchilar dalada paxta qolmagani, zo‘rg‘a bir-bir yarim kilodan terib kelishayotganini aytishmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 april 2017
Stokgolmda teraktni amalga oshirgan samarqandlik Aqilovning qo‘lga olingan sheriklari deya gumon qilinayotgan shaxslar, Eltuzning ishonchli manbalariga ko‘ra, 47 yoshli ...
6 october 2025
30 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda II guruh nogironligi bor bola kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Bolalar Ombudsmani ...
26 july 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayëom. Yuz ...
7 april 2020
«Eltuz» rassom Kirpining koronavirus karantini turkumidan yangi karikaturasini taqdim etadi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...