Multimedia
22 april 2016

Rok-n roll qiroli Prins o‘ldi

Amerikalik qo‘shiqchi 57 yashar Prins o‘zining Minnesotadagi ovoz ëzish studiyasida o‘lik xolda topildi.

Qo‘shiqchi o‘limi haqida uning matbuot kotibi Associated Pressga bildirdi.

The Hollywood Reporterga ko‘ra politsiya sirli o‘lim yuzasidan tergov boshlagan.

Prints jasadi ertalab topilgan, qutqaruv xizmatiga bu haqdagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 9.43 da tushgan. To‘liq ismi Prins Rodjers Nelson bo‘lgan qo‘shiqchi bundan 6 kun avval shamollash alomatlari bilan shifoxonaga yotqazilgandi.

Qo‘shiqchi 1958 yilda Minneapolisda tug‘ilgan. U o‘z musiqiy faoliyatini ritm-end-blyuz yo‘nalishidan boshlab, fank, jaz ijrochisi sifatida nom chiqargan.

Qo‘shiqchi musiqiy iste'dodidan tashqari, o‘zining yorqin imiji va mojarolarga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlari bilan ajralib turgan.

Musiqachi ommani nafaqat musiqasi va kiyimlari bilan, balki 1993 yilda o‘z taxallusini erkak va ayol ramzini bildiruvchi belgilardan iborat, talaffuz qilib bo‘lmaydigan emblemaga o‘zgartirgani bilan ham hayron qoldirgan.

Bundan keyin uni «avval Prints nomi bilan ma'lum bo‘lgan artist» deb atay boshlashgan.

Qo‘shiqchi hammasi bo‘lib 39 ta albom yozgan. Uning oxirgi albomi 2015 yilda chiqqan.

Qo‘shiqchining eng mashhur qo‘shiqlaridan biri Purple Rain (Qirmizi yomg‘ir) qo‘shig‘i hisoblanadi.

Prins qatorasiga yetti marta “Gremmi” sovrini ni olgan edi. Shuningdek u “Qirmizi ëmg‘iri” filmida ijro qilgan saundtrek uchun “Oskar” ham olgan.

Prins ijodi boshlangan 1970 yildan beri dunë bozorida uning 100 milliondan ziëd disklari sotilgan. 2004 yili Prins “rok-n-roll shon-shuhrati” zaliga nomi oltin harflar bilan zarb qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 july 2022
Kecha hayotida ko‘pni ko‘rgan, Karimov qatag‘onlaridan tirik chiqqan, O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy elitasini ich-ichidan biladigan shaxs  – sobiq sudyalardan ...
23 april 2019
«…voqeadan taxminan bir haftacha vaqt o‘tib, «qora zona»lar chig‘iriqlaridan o‘tib, “mujik”ligini yo‘qotmagan Erix ismli yigit (laqabi “Nemis”) o‘sha Garrining ...
9 june 2023
Rassom Tuz
28 december 2025
So‘nggi 2–3 yil mobaynida O‘zbekistonda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar bosqichma-bosqich oshirildi. Ayrim hududlarda bu o‘sish 20–30 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...