Multimedia
29 april 2018

29 aprel – huquq faoli A'zam Farmonov qamoqqa olingan edi

2006 yil 29 aprel kuni ertalab 27 yashar huquq faoli A'zam Farmonov taksida viloyat kasalxonasi tomon ketaëtganida uchta militsiya mashinasi taksini yo‘lning chetiga siqib to‘xtatishgan edi.

Militsionerlar A'zam Farmonovni taksidan sug‘urib olib, qo‘liga kishan solishdi va militsiya mashinasiga tiqib, Guliston shahri militsiya bo‘limiga olib ketishdi.

O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi A'zam Farmonov, o‘z hamkasblari fikriga ko‘ra, qaynatasi Tolib Yoqubovning ijtimoiy faoliyati sabab, rasman esa 300 dollarga yaqin miqdordagi pulni “ta'magirlik” bilan olishda ayblanib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

2015 yil aprelda Farmonov “jazoni ijro etish muassasasi qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda” ayblanib, uning jazo muddati tag‘in besh yilga uzaytirildi.

O‘n yildan ortiq hibsda saqlangan inson huquqlari faoli A'zam Farmonov o‘tgan yilning 3 oktyabr kuni 38 yoshida qamoqdan ozod etildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 january 2026
31 dekabr oqshomida Zarbdor tumanida YPX boshlig‘i, mayor Saparov Burhon Bosimovich mashinasida urib yuborgan piyoda bugun kasalxonada vafot etdi. ...
14 april 2020
O‘zbekiston hukumati «Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini e'lon qildi. ...
2 april 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
28 september 2023
Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid. Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...