UzPoster
21 january 2019

Yelena Urlaeva tug‘ilgan kunini Bosh prokuratura oldida piket bilan nishonladi

O‘zbekistonlik huquq faoli Yelena Urlaeva 21 yanvar kuni o‘zining 62 yoshga to‘lgan kunini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binosi oldida hokimlarning zo‘ravonligiga qarshi piket bilan nishonladi.

U ko‘targan plakatda «G‘anisher Boybo‘sinovni kaltaklagan» Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzaev va Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fozilov, «fermer Orif Durmetovni kaltaklagan» Olot tumani hokimi Sherali Salomovni javobgarlikka tortish, shuningdek, «do‘konlarni buzayotgan» Sho‘rchi tumani hokimi Botir Alimov harakatlariga chek qo‘yish talablari yozilgan edi.

Huquq faoli tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kuni Bosh prokuratura mulozimi Azimov u bilan uchrashgan va talablar yozilgan shiorni qabul qilib olgan. Bosh prokuror qabuliga kira olmagan arizago‘ylarning masalasi bo‘yicha ham yordam berishni va'da qilgan.

Urlaevaga ko‘ra, shu kuni uning tug‘ilgan kuni ekanini bilgan prokuratura mulozimi uni tabriklab, «tug‘ilgan kuniga qanday sovg‘a» istashini so‘ragan.

Yelena Urlaeva prokuraturadan unga eng yaxshi sovg‘a – ko‘targan plakatida ko‘rsatilgan barcha talablarning bajarilishi, shuningdek, «O‘zbekistondagi Konstitutsion tuzumni ag‘darish kabi yolg‘on ayblovlar» bilan 14 yilga qamoqqa tashlangan mahkum Hoshim Jabborovning hayotini saqlab qolish bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

«Prokuror shunday sovg‘aga rozi bo‘ldi», deya bildirdi O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansining 21 yanvar kungi xabarida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 january 2025
12 yanvar kuni qamoqdan ozod etilgan Salim Abduvaliev uni qamoqqa tiqish rejasini kim tuzgani va kim amalga oshirgani haqida ...
3 may 2021
Yangiyo‘l shahridagi 1-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi maktab mutasaddisi Umida Sattorova muallimlarni koronavirusga karshi vaktsinani olishga majburlayotgani, aks holda ishdan haydash ...
23 december 2025
«Intilishlaringizni kamsitishga harakat qiluvchi odamlardan uzoqlashing. Kichik odamlar doim shunday qilishadi, lekin haqiqiy buyuk insonlar sizga ham ishonch tuyg‘usini ...
18 may 2021
Samarqandda «Damas» avtomobili haydovchisi IIB xodimining o‘tish yo‘lini to‘sib to‘xtagan, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan mashinasiga signal bergani uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...